Xalqaro konferentsiya maktabi “Zamonaviy kvant fanidagi yangi tendentsiyalar: kvant texnologiyalari uchun yangi funktsional materiallar
2023-yilning 22-30-sentabr kunlari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Italiyaning Triest shahridagi Xalqaro nazariy fizika markazi, O‘zbekiston fizika jamiyati va Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda “Zamonaviy kvant fanidagi yangi tendensiyalar: yangi funksional materiallardan kvant texnologiyalarigacha” mavzusidagi xalqaro yozgi maktab bo‘lib o‘tmoqda Ushbu Yozgi maktabning asosiy e'tibori zamonaviy kvant sohasidagi ilg'or g'oyalar, yangi natijalar, dolzarb muammolar va kelajak istiqbollariga qaratilgan bo'lib, kvant materiallari va ularning kvant texnologiyalarida qo'llanilishiga alohida e'tibor qaratiladi. Bu fizika va texnologiya sohasidagi yangi va ilg'or tadqiqot yo'nalishi bo'lib, kvant hisoblash, kvant zondlash, kvant kriptografiyasi, yuqori texnologiyalarda qo'llaniladigan chigal holatlar, kvant superpozitsiyalari, tunnel va kvant shovqinlari kabi kvant mexanik…