Biznes Menejment yo`nalishikirish imtihoni (1bosqich)natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 2023-2024 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2023-yil 20-may da bo`lib o`tgan kirish imtihoni natijalari bilan tanishing. Yuklab oling Bundan tashqari, 20-May oyidagi qabul testiga ko'ra, natijalar to'rt toifaga bo'linadi: BIRINCHI TOIFA: 40 va undan yuqori toʻplaganlar, birinchi kursga qabul qilinadilar va O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan TOʻLIQ GRANT ajratiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. IKKINCHI TOIFA: 35 va undan yuqori, ammo 40.00 dan past…

Continue ReadingBiznes Menejment yo`nalishikirish imtihoni (1bosqich)natijalari e’lon qilindi!

O’zbekistonning qator universitetlari Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlik a’loqalarini rivojlantirmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 23 may kuni, O'zbekistonning bir qator universitet rektorlari Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjaev, Farg‘ona Politexnika instituti rektori O’ktam Salomov, Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Mahkamov, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Chidem Janbay Turkyilmazlar Italiyaning Turin politexnika universiteti rektori Guido Sarakko bilan o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida muzokaralar olib bordilar. Muzokaralar natijasida Italiyaning Turin politexnika universiteti rektori Guido Sarakko, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjayev hamda Farg’ona politexnika instituti…

Continue ReadingO’zbekistonning qator universitetlari Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlik a’loqalarini rivojlantirmoqda

TTPUda stol tennisi bo‘yicha master klass o’tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 19 may kuni, Oʼzbekiston stol tennisi Federatsiyasi tomonidan universitet talaba-yoshlari oʼrtasida ston tennisi boʼyicha maxorat darslari (master klass) tashkil etildi. Tadbirda Xalqaro Olimpiya oʼyinlariga tayyorlash boshqarma boshligʼi Burxonxoʼjaeva Nodira Saidikramovna, Toshkent shahar stol tennisi boʼlimi ijrochi direktori Melikuziev Аkbar hamda Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya instituti talabalari - bir qator xalqaro va respublika musobaqa gʼoliblari ishtirok etishdi. N.Burxonxoʼjaeva yoshlar oʼrtasida stol tennisni ommalashtirishda Oʼzbekiston Federatsiyasining oʼrni va rivojlanishi toʼgʼrisida soʼz yuritib talabalarni stol tennisi bilan kuproq shugʼullanishga chorladi. Yosh sportchilar universitet talabalariga maxorat darslarini oʼtkazib turli oʼyin uslublarini qoʼllashni taqdim etdilar hamda ular bilan oʼzaro bellashdilar. Oʼtkazilgan maxorat darslari…

Continue ReadingTTPUda stol tennisi bo‘yicha master klass o’tkazildi.

Kirish imtihonlari (1-2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 2023-2024 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2023-yil 18-may da bo`lib o`tgan kirish imtihoni natijalari bilan tarnishing. To'liq jadvalni yuklab oling 2023-yil 13-Mart va 2023-yil 18-May kunlari boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, 2023-2024 o`quv yili uchun toʻliq va kutilayotgan grant nomzodlari bilan tarnishing: FAKULTETLAR BO`YICHA TO`LIQ GRANTLAR(1-2-BOSQICH): 1. Avtomatik boshqaruv va kompyutermuhandisligi – 60.00 va undan yuqori to`plagan abituriyentlarga O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan TOʻLIQ GRANT ajratiladi. 55.00 dan yuqori to`plagan abituriyentlar Iyul oyidagi kirish imtihon natijasiga koʻra TOʻLIQ GRANT uchun koʻrib chiqiladi…

Continue ReadingKirish imtihonlari (1-2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

TTPU rektori talabalarga ma’ruza o’qidi

  • Post category:Yangiliklar

12 may kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori, t.f.d. Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullayevich talabalarga “O‘zbekistonda elektromobillarni rivojlantirish istiqbollari: muammolar va yechimlar” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada, “yashil iqtisodiyot” ga o‘tish sharoitida elektomobillardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari, afzallik va kamchiliklari, mamlakatimizda elektromobillarning rivojlanish dinamikasi, quvvatlash stansiyalarining dunyo bo‘ylab hamda mamalakatimizdagi infratuzilmasi tahlil qilinib, tinglovchilarga mavzuga oid foydali va qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.Ma’ruza ingliz tilida o‘tkazilib, xohlovchilar tegishli ilova orqali onlayn ravishda qatnashish imkoniga ham ega bo‘lishdi. Ma’ruza yakunida, tinglovchilar rektorga o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarini berib, ularga atroflicha javob oldilar.

Continue ReadingTTPU rektori talabalarga ma’ruza o’qidi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Abdurahmonov Ibrohim Yulchiyevich Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Tashrif doirasida Ibrohim Yulchiyevich universitetning o‘quv auditoriyalari, sport kompleksi, texnopark, laboratoriya va startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Universitet rektori, texnika fanlari doktori Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullayevich vazirga universitet faoliyaitni tanishtirar ekan, so‘nggi yillarda ko‘p sohalar qatorida avtomobilsozlik va bu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash borasida salmoqli ishlar qilinayotgani ta’kidlab, universitetning hozirgi holati va rivojlanish strategiyasiga (universitet ta’lim yo‘nalishlari, energiyatejamkor quyosh panellarini o‘rnatish borasidagi ishlar, spin-off kompaniyalari faoliyati, xalqaro a’loqalari va boshqalar) oid taqdimot qildi. Shundan so‘ng, vazir universitetning professor-o‘qituvchilari bilan…

Continue ReadingOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi

“Yoshlar va tasviriy san’at” festivali

2-may kuni, TTPU da  O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi hamda P.Benkov nomli ixtisoslashtirilgan san’at maktabi bilan hamkorlikda “Yoshlar va tasviriy san’at” festivali bo‘lib o‘tdi.Tadbir davomida iqtidorli yoshlar tomonidan yaratilgan san’at asarlarining ko‘rgazmasi namoyish etilib, ishtirokchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Continue Reading“Yoshlar va tasviriy san’at” festivali

Turin Politexnika universitetida yillik ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

2023 yil 27 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tashkil etilganligining 14 yilligiga bag’ishlangan, an’anaviy tarzda o’tkazib kelinadigan professor-o`qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar ishtirokidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi. Ushbu konferensiyada Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori J.Sh.Inoyatxodjaev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi prorektor A.A.Ashurov, moliyaviy- iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor J.Abdujalilov, Strategik rivojlanish bo’limi boshlig’i O.Jo`rayev, Yoshlar bilan bo’limi boshlig’i G.A.Allamova, Tabiiy-Matematika fanlari kafedrasi mudiri prof. D.U.Tulyaganov, professor-o`qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.  Konferensiya ma’ruzalari mashinasozlik, energetika, tabiiy fanlar va matematika, ekologiya va atrof-muhit muammolari, muqobil energiya manbalari, materialshunoslik kabi mavzularga bag‘ishlandi. Jumladan talabalarning…

Continue ReadingTurin Politexnika universitetida yillik ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Тalabalar bahori-2023

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 27 aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida an’anaviy “Talabalar bahori – 2023” festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad universitetda talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning ma’naviy va madaniy saviyasini boyitish, sport, san’at, badiiy adabiyotga qiziqishlarini yanada yuksaltirish sanaladi.Tadbir doirasida prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida universitetda tashkil etilgan shaxmat, basketbol, stol tennis musobaqa g‘oliblari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.Bayramona dastur doirasida, mamlakatimizda joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy voqea - referendum to‘g‘risida, ma’lumot berildi va talabalar o‘rtasida viktorina o‘tkazildi.

Continue ReadingТalabalar bahori-2023

Germaniya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 27- aprel kuni, Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tashabbusi bilan Germaniya universitetlari va davlat idoralaridan tashkil topgan delegatsiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tadbirda Tyuringiyaning iqtisodiyot, oliy ta’lim va raqamli masalalar bo‘yicha davlat kotibi boshchiligida Germaniyaning 6 ta universitetlari, Turingiya davlat idorasi, Germaniya iqtisodiyoti delegatsiyasi vakillari qatnashdi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi Turin universitetining texnoparki, laboratoriya va startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvda TTPU va Germaniya universitetlari, o'z faoliyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashdi. Hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Xususan :• Turin politexnika universiteti va Germaniya universitetlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini…

Continue ReadingGermaniya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda

“Yangi O‘zbekistonda – yangi tahrirdagi Konstitutsiya”

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 18 va 20 aprel kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida "Yangi O‘zbekistonda - yangi tahrirdagi Konstitutsiya" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Olmazor Tumani 4-sonli IIB, profilaktika inspektori, leytenant Ismoilova A.F., podpolkovnik, Olmazor Tumani 4-sonli IIB katta inspektori - Yusupov Sh.N.- va universitet xodimlari ishtirok etdi.Davra suhbatida yangi tahrirdagi Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo esa “Inson qadri uchun” gʻoyasini ustuvor yoʻnalish sifatida belgilashi qayd etildi.

Continue Reading“Yangi O‘zbekistonda – yangi tahrirdagi Konstitutsiya”

PhD dissertatsiyasi ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 21-aprel sanasida, Italiyaning Turin politexnika (Politecnico di Torino) universitetida  TTPUning “Mexanik va aerokosmik muhandisligi” kafedrasi o‘qituvchisi Yahshilikova Gulnora «Gibrid elektr transport vositalari uchun energiyani boshqarish tizimini rivojlantirish» (Development of Energy Management System for Hybrid Electric Vehicles) mavzusidagi PhD dissertatsiyasini Prof.Andrea Tonoli (Politecnico di Torino) va DSc. Sanjarbek Ruzimov (TTPU) rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qildi. Universitet professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan komissiya, amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholab, uning zamonaviy ishlab chiqarishdagi ahamiyati va dolzarbligini ta’kidladi va tadqiqotchining kelgusi ilmiy faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Continue ReadingPhD dissertatsiyasi ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Zakovat” klubi 3-bosqich uyini o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 19 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Zakovat klubining 3-bosqich uyini o‘tkazildi. Uyinni o‘tkazishdan asosiy maqsad, talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, darsdan tashqari bilimlarini keng doirada yanada mustahkamlash va turli mavzularda o‘zlarini fikrlarini teran ayta bilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. O‘yinning uchinchi bosqichida 1-“SU” jamoasi 2-“Posledniy patron” jamoasi 3-“Millon” jamoalari ishtirok etdilar. Qizg‘in kechgan baxsda “SU” jamoasi ikkita savolga to‘g‘ri javob berib 2 ballni, “Posledniy patron” jamoasi beshta savolga to‘g‘ri javob berib 5 ballni va “Million” jamoasi bitta ham savolga to‘g‘ri javob berisholmadi 0 ballni, peshqadamlikka “Posledniy patron” jamoasi chiqib oldi. Tadbir so‘ngida har bir jamoadan ishtirokchilar…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Zakovat” klubi 3-bosqich uyini o‘tkazildi

“Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 18 aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida «Ogohlik davr talabi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet talabalari ishtirokida, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, universitet katta profilaktika inspektori, podpolkovnik Yusupov Sh.N. tashabbusi bilan, Olmazor tumani Axborot Tehnologiyalari soxasidagi kiber jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimi kapitan Yarmatov Sh.X, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, profilaktika inspektori, leytenant Ismoilova A.F lar hamkorligida o‘tkazildi.Tadbir doirasida so‘zga chiqqanlar,1) "KIBЕRXAVFSIZLIK" va xanuzgacha uning domiga tushayotganlar, bu illatdan qanday qutulish mumkinligi, o‘zimizda unga qarshi immunitetni shakllantirishimiz zarurligi xaqida so‘z bordi.2) Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash3) Korrupsiya holatlarini oldini olish va unga qarshi kurash4) Jinoyatchilik va giyohvandlikka…

Continue Reading“Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati

“Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 18 aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida «Ogohlik davr talabi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet talabalari ishtirokida, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, universitet katta profilaktika inspektori, podpolkovnik Yusupov Sh.N. tashabbusi bilan, Olmazor tumani Axborot Tehnologiyalari sohasidagi kiber jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimi kapitan Yarmatov Sh.X, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, profilaktika inspektori, leytenant Ismoilova A.F lar hamkorligida o‘tkazildi. Shuningdek, tadbirda universitet yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig`i G.Allamova, universitet oila xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor masalaxatchisi, tyutor F.Nabixanova hamda universitet psixologi N. Bo'rixonovalar ham ishtirok etdi.Tadbir doirasida so‘zga chiqqanlar,1) "KIBЕRXAVFSIZLIK" va xanuzgacha uning domiga tushayotganlar, bu illatdan qanday qutulish…

Continue Reading“Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati.

Tajriba-bilimning yagona manbaidir

  • Post category:Yangiliklar

Qurilish va arxitektura fakulteti talabalari uchun katta afzalliklardan biri bu ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning qurilish maydonlarida o‘tkazilishidir. Kafedraning 3-kurs bakalavriat talabalari Geodeziya kursining amaliy qismini Tashkent City LOT6 qurilish maydonchasida olib bordilar. Amaliyotda professor Saidislomxon Usmonov rahbarligidagi talabalar “PE BOMI Construction Engineering Co., LTD” kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda Geodeziya asboblaridan foydalangan holda sifatni ta’minlash jarayonida ishtirok etdilar. Bu talabalarga nazariy bilimlarini mustahkamlashga va amaliy tajriba orttirishga yordam beradi.

Continue ReadingTajriba-bilimning yagona manbaidir

“Milliy libos-millat qiyofasi!”

  • Post category:Yangiliklar

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, qizlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat va sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida, joriy yilning 12 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Milliy libos-millat qiyofasi!” shiori ostida, ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Таdbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Ushbu tadbirda universitet talaba-qizlari bilan birga Pavel Benkov nomli san’at…

Continue Reading“Milliy libos-millat qiyofasi!”

TTPUda Amir Temur tavalludining 687-yilligiga bag’ishlab madaniy tadbir o’tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 5 aprel kuni universitet talabalari hamda akademik litsey o‘quvchi-yoshlari ishtirokida Amir Temur tavalludining  687- yilligiga bag‘ishlab “Jahon tamaddunida Sohibqiron Renessansi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mehmon sifatida O‘zbekiston Xalq artisti Tesha Mo'minov, Respublika akterlar uyi direktori Munira Raximova va akademik litsey tarix fani o‘qituvchisi Sayyora Xakimova ishtirok etdilar. Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, o‘z nutqida 9 aprel kuni O‘zbekistonda buyuk davlat arbobi va sohibqiron Amir Temurning 687-yilligi keng nishonlanishi hamda Temur va temuriylar sulolasi davridagi moddiy va ma’naviy meroslar, ularni bugungi kunda xalqimiz tomonidan o‘rganilishi milliy o‘zligimizni anglashga zamin yaratishini qayd etdi.Akademik litseyning tarix fani o‘qituvchisi Xakimova…

Continue ReadingTTPUda Amir Temur tavalludining 687-yilligiga bag’ishlab madaniy tadbir o’tkazildi.

TTPUda shaxmat bo‘yicha “Rektor kubogi” bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

TTPUda shaxmat bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi va unda 60 nafarga yaqin universitet va akademik litsey talabalari ishtirok etdi. Turnir natijalari: 1-oʻrin — Raupov Nasrullo 2-o'rin - Jahongirov Samandar; 3-o‘rin – Abduqayumov Akbar. G‘oliblarni tabriklaymiz! G'oliblarni taqdirlash marosimi joriy yilning 29 aprel kuni bo‘lib  o‘tadi.

Continue ReadingTTPUda shaxmat bo‘yicha “Rektor kubogi” bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “I2-PLEDGE” yangi xalqaro ta’lim loyihasida ishtirok etmoqda.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) “I2-PLEDGE: Biotibbiyot muhandisligi bo'yicha innovatsion va fanlararo dasturlarni O'zbekistondagi talabalarning ishga joylashishi uchun raqamli o'sish dasturidan foydalanish” deb nomlangan yangi xalqaro ta’lim loyihasi doirasida Yevropa va O‘zbekistonning bir qancha boshqa universitetlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi. Loyihaning boshlang‘ich yig‘ilishi 2023-yil 29-30-mart kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi, Erasmus+ Milliy ofisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yevropa va O‘zbekistondagi hamkor universitetlar vakillari ishtirok etdi. "I2-PLEDGE" loyihasi talabalarga biotibbiyot muhandisligi bo'yicha innovatsion va fanlararo dasturlarni taqdim etishdan iborat bo'lib, ularning O'zbekistonda ish bilan ta'minlanishi uchun raqamli o'sish dasturidan…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “I2-PLEDGE” yangi xalqaro ta’lim loyihasida ishtirok etmoqda.
image_pdfimage_print