“Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʼzgusi”

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 31 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida kitobsevarlar klubi uchrashuvlari doirasida “Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʼzgusi” nomli adabiy-badiiy tanlovi boʼlib oʼtdi. Tanlovda klubning aʼzolaridan tashkil etilgan jamoalar to‘rtta shart bo‘yicha bellashdilar. Tanlov juda qiziq va ko‘tarinki ruhda kechdi. Jamoalar bir-biridan qiziq bo‘lgan shartlarni bajarish mobaynida o‘zlarini o‘zbek adabiyoti bo‘yicha nechogʼlik bilimdon ekanligini ko‘rsatibgina qolmay, balki tomoshabinlarga ham yuqori kayfiyat bag‘ishlab ularning eʼtiroflariga sazovor bo‘lishdi. Bajarilgan shartlar natijalariga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni “Fikr parvozi”, 2-o‘rinni “Javohir” va 3-o‘rinni “Koinot” jamoalari egallashdi. G‘olib va sovrindor jamoalar aʼzolari diplomlar va esdalik sifatida kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar.

Continue Reading“Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʼzgusi”

Universitet xodimlari uchun seminar trening tashkil etildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 29 mart kuni, universitet psixologi tomonidan xodimlar uchun “Emotsional kuyish” mavzusida seminar trening o‘tkazildi. Treningdan maqsad: emotsional kuyish hollari haqida ma‘lumot berib, hodimlar bilan guruhni birlashtirish ko'nikmalarini mashq qilishga qaratildi.Seminar mavzusi doirasida emotsional kuyish, uning simptomlari, professional kuyish, o‘zini boshqarish yo‘llari muhokama qilindi. Treningda interaktiv, guruhda ishlash va rolli o‘yinlar usullari qo‘llanildi.

Continue ReadingUniversitet xodimlari uchun seminar trening tashkil etildi

Universitetda “Fine art” tasviriy san’at tanlovi o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus” doirasida yoshlarning musiqa, adabiyot, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida, Joriy yilning 29 mart kuni universitet talaba va akademik litsey o‘quvchi-qizlar  o‘rtasida "Fine art" nomli tasviriy san’at tanlovi tashkil etildi. Unda yoshlar turli mavzularda erkin uslubda o‘z iste’dodlarini namoyish qilishdi. 

Continue ReadingUniversitetda “Fine art” tasviriy san’at tanlovi o‘tkazildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Zakovat” klubining 2-bosqich o‘yini o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 28 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Zakovat klubining 2-bosqich o‘yini o‘tkazildi. Asosiy maqsad - talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellectual salohiyatini oshirish va turli mavzularda o‘z fikrlarini teran ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga, o‘yin turli bahs-munozaralarga kirishish va tez fursatda qaror kabul qilishni o‘rgatadi. Zakovatning Ikkinchi bosqichida quyidagi jamoalari ishtirok etdilar. 1.“The best” 2.“Turin litsey” 3.“Managers TOP” 4.“Evrika” Klub uchrashuvining moderatorlari, akademik guruhlar tyutorlari Maxkamov Jamshid va Eshonqulov Mirshod o‘yinga start berishdi. Tadbir so‘ngida har bir jamoadan ishtirokchilar, o‘tgan o‘yin yuzasidan o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Zakovat” klubining 2-bosqich o‘yini o‘tkazildi

Kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 2023-2024 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2023-yil 13-martda boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar beshta toifaga boʻlingan: BIRINCHI TOIFA: Quyidagi abituriyentlar to`g`ridan to`g`ri ikkinchi kurs (First level) ga oʻqishga qabul qilinadilar,hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan quyidagi yo`nalishlar bo`yicha TOʻLIQ GRANT ajratiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak *. Ushbu toifa uchun shartnoma toʻlovi mavjud emas. T/rFamiliyaIsmFakultet1ZulunovaNasibaAvtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi2HikmatullayevShamshodAvtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi3MirsaidovRashidAvtomatik…

Continue ReadingKirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

TTPU kitobsevarlar klubi a’zolarining uchrashuvlari doirasida mushoira kechasi o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 24 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining yozgi kutubxonasida kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi doirasida mushoira kechasi o‘tkazildi. Ushbu kechada talaba-yoshlarga ustozlari tomonidan yurtimizda kitobxonlikka berilayotgan e’tibor, kitobning inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Klub a’zolari ham bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bayon etib, o‘zbek she’riyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekiston xalq shoirlari Zulfiyaxonim, Erkin Voxidov, Abdulla Oripov, Muxammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva, Xurshid Davron va boshqa o‘zbek shoirlarning ijodiga mansub bo‘lgan she’rlardan yoddan namunalar o‘qib berishdi. Kecha yakunida esa mushoirada faol ishtirok etgan talabalar badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.

Continue ReadingTTPU kitobsevarlar klubi a’zolarining uchrashuvlari doirasida mushoira kechasi o‘tkazildi

TTPU va Indoneziya fan va texnologiyalar Muhammadiyah Aisyiyah oliy taʼlim muassasasi uyushmasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

  • Post category:Yangiliklar

2023-yilning 13-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Indoneziyaning Toshkentdagi elchixonasi hamda Muhammadiyah Aisiyah oliy ta’lim fan va texnologiyalar uyushmasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Magelang Muhammadiya universiteti, Jakarta Muhammadiya universiteti, Surakarta Muhammadiya universiteti, Yogyakarta Muhammadiya universiteti, Muhammadiya universiteti professori Prof. Dr. HAMKA, Muhammadiyah Ache universiteti muhandislik fakultetlari, Ahmad Dahlan universiteti amaliy fanlar va texnologiyalar fakulteti memorandumlar imzolandi. Shuningdek, TTPUning Mashinasozlik, Qurilish va Kompyuter injiniringi fakultetlari bilan Uyushma universitetlarining muhandislik fakultetlari o‘rtasida memorandum imzolandi. Memorandum doirasidagi hamkorlik ko‘lami akademik hamkorlik, talabalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Toshkent…

Continue ReadingTTPU va Indoneziya fan va texnologiyalar Muhammadiyah Aisyiyah oliy taʼlim muassasasi uyushmasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Tarmoq yosh ishchi-xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 14 mart kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari kasaba uyushmasi Toshkent hududiy bo‘linma Kengashi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan tarmoq yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi. Ushbu bilimdonlar bahsida Turin politexnika universitetining "Turin bilimdonlari" va "Orzu" jamoasi, "O‘zelektroapparat" AJning "Elektroapparat" "Uzavto-Inzi" QKning "O‘zinzi", Chilonzor 1-son kasb xunar maktabining "Bilimdon" hamda "O‘zmetkombinat" AJning "Metallurglar" jamoasi ishtirok etishdi. Mantiqiy va qiziqarli savollardan iborat bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinda jamoalar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi. O‘yin yakunida 20-savoldan to‘plangan eng yuqori ballar natijasiga ko‘ra "O‘zmetkombinat" AJning "Metallurglar" jamoasi Toshkent viloyati yoshlari o‘rtasida faxrli…

Continue ReadingTarmoq yosh ishchi-xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Italiyada TTPU va Politecnico di Torino o‘rtasida qo‘shma diplom dasturi (Cotutelle) doirasida birinchi doktorlik dissertatsiyasi (PhD) himoyasi bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 6-mart kuni, Italiyada Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti) va Politecnico di Torino (Italiya) o‘rtasida ikki tomonlama diplom (Cotutelle) dasturi doirasida doktorlik (PhD) dissertatsiyasining birinchi himoyasi muvaffaqiyatli bo'lib o‘tdi.O‘zbekistonlik yosh tadqiqotchi Jasurxo‘ja Xolxo‘jaev “Metal qismlarning innovatsion geometrik va mexanik tavsiflari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini, DSc J.Sh. Inoyatxo‘jaev (TTPU) va professor Janfranko Genta (Politecnico di Torino) rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qildi. Har ikki universitet professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan komissiya, amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholab, uning zamonaviy ishlab chiqarishdagi ahamiyati va dolzarbligini ta’kidlab, kelgusi ilmiy faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Continue ReadingItaliyada TTPU va Politecnico di Torino o‘rtasida qo‘shma diplom dasturi (Cotutelle) doirasida birinchi doktorlik dissertatsiyasi (PhD) himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Harbiy soha uchun innovatsion qurilmalar

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tomonidan berilgan grant asosida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti muhandislari va talabalari tomonidan yaratilgan “Zirhli tulpor” robot-sapyori. "Zirhli Tulpor" robot majmuasi - portlovchi moslamalarni masofadan utilizatsiya qilish uchun mo'ljallangan. “Zirhli tulpor” telekameralar va maxsus qo‘shimchalar yordamida shubhali obyektlarni vizual tekshirish, qidirish va dastlabki tashxis qo‘yish uchun ishlatiladi. Zararsizlangan portlovchi qurilmalarni evakuatsiya qilish uchun majmua maxsus konteynerlar bilan jihozlangan. Robot potensial xavfli ob'ektlarga kirishni ta'minlash uchun texnologik operatsiyalarni bajarishda ham qo'llaniladi. Robot majmuasini boshqarish mavjud vaziyatga qarab ham kabel, ham radio orqali amalga oshiriladi. Robotning uzluksiz ishlash muddati ikki soatdan to'rt soatgacha. Tırtıl platformasi Zirhli Tulporga 250…

Continue ReadingHarbiy soha uchun innovatsion qurilmalar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Oiladagi zo‘ravonlik sababi va ayanchli oqibatlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori zo‘ravonlikka uchragan ayollarga yordam ko‘rsatish tizimini yaratish, oilaviy-maishiy zo‘ravonlikning oldini olish va uning salbiy oqibatlariga barham berishga qaratilgan qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 23 fevral kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti, 3-bosqich talabalari hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i G.A.Allamova,  Olmazor tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika katta inspektori, podpolkovnik SH.M.Yusupov va psixolog SH.J.Jumaqulova ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.                                       Seminar-treningni oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F.S.Nabixanova ochib berib, mamlakatimizda zo‘ravonlikka qarshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Oiladagi zo‘ravonlik sababi va ayanchli oqibatlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

TTPUdagi Microsoft talabalar dasturlari

  • Post category:Yangiliklar

15-fevral kuni TTPU da Microsoft kompaniyasi va universitetimiz talabalari bilan jonli tadbir bo'lib o'tdi. Uchrashuvdan asosiy maqsad talabalarimizni “Microsoft Student Programs” bilan tanishtirish va dasturga jalb qilish. Tadbir ishtirokchilari Microsoft kompaniyasi takliflari va imtiyozlari haqida to'g'ridan-to'g'ri kompaniya xodimlari Carlotta Castelluccio (a cloud developer advocate) va Microsoft mahsulot menejeri Tessa Wiedmanndan javob olish imkoniga ega bo'ldilar. Shu bilan birga, Microsoft kompaniyasi tomonidan har yili o'tkaziladigan “Imagine Cup” tanlovi ham muhokama qilindi.Talabalarimiz dasturda tajribaga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari bilan suhbatlashish va ularning tajribasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Xususan, Buyuk Britaniyadan Kenji Phang va Jennifer Xolland ham o‘z universitetlarida Gold Microsoft…

Continue ReadingTTPUdagi Microsoft talabalar dasturlari

Universitetda talaba-qizlar bilan shifokor ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (10/1-154 02.02.2023y.) voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish, istalmagan homiladorlik holatlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi dasturining 4-bandida, umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari hamda, akademik litseylar, professional taʼlim, oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi- talabalari oʻrtasida erta nikoh va erta tugʻruq, yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikohlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida targʻibot tadbirlari hamda fakultativ mashgʻulotlarni tashkil etish maqsadida, joriy yilning 22-fevral sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talaba-qizlar bilan Olmazor tumani Talabalar shaharchasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika Bosh shifokor o’rinbosari D.Tursunova, shifokor-ginekolog Y.Rahimova hamda universitetga biriktirilgan terapevt-shifokor M.Sharapova ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.          Shuningdek, tadbirda universitet yoshlar bilan ishlash bo’limi…

Continue ReadingUniversitetda talaba-qizlar bilan shifokor ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

TTPU vakillari FarPI da

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 20 fevral kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti vakillari Farg ‘ona Politexnika institutiga tashrif buyurib, viloyatdagi maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi. Bitiruvchilarga universitetda sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim yo‘nalishlari, universitetga kirish ballari, xalqaro qo‘shma dasturlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek tashrif doirasida, FarPI talabalari bilan ham uchrashuv uyushtirilib, unda TTPU professori Guido Marchetto talabalarga magistratura bosqichidagi ta’lim yo‘nalishlari, hamda talablar almashinuvi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga to‘liq javob berildi.

Continue ReadingTTPU vakillari FarPI da

TTPU da shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan shaxmat turniri o‘tkazildi. Turnirda universitet talabalari hamda Turin akademik litseyi o‘quvchilari faol qatnashdi. Qizg‘in davom etgan turnir yakuniga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi: - 1-o‘rinni Turin akademik litsey o‘quvchisi - Otabek Umarov; - 2-o‘rinni Turin akademik litsey o‘quvchisi – Fazliddinov Shoxjaxon - 3-o‘rinni universitetning 1-bosqich talabasi Turayev G‘olib hamda 4-bosqich talabasi Xabibullaev Umidjon. Turnir so‘ngida g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Continue ReadingTTPU da shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Buyuk shoirlarni xotirlab” nomli badiiy-adabiy kecha o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari - Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning 9-fevral sanasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligiga bag‘ishlangan badiiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.          Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, ushbu ulug‘ kunning egalari, buyuk mutafakkirlarning o‘zbek tili va adabiyatiga qo‘shgan ulkan xissasi to‘g‘risida so‘z yuritdi hamda tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.          Tadbirni olib borgan universitet 1-bosqich talabasi S.Yo‘ldosheva ilk so‘zlarini Alisher Navoiyning “Kelmadi” radifli g‘azali bilan boshladi. So‘ng, universitet 3-bosqich talaba yigit-qizlari Alisher…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Buyuk shoirlarni xotirlab” nomli badiiy-adabiy kecha o‘tkazildi

Universitetning kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 25 yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning klub a’zolari tomonidan mutolaa qilingan “Alvido...bolalik” qissasi muhokama qilindi. Tadbir boshida ishtirokchilarda adib to‘g‘risida atroflicha ma’lumot xosil bo‘lishi uchun uning hayoti va ijodi haqidagi videorolik namoyish etildi. Klub uchrashuvining moderatori akademik guruhlar tyutori Faxriddin Sattiyev asar muhokamasini boshlab berish uchun so‘zni TTPU yoshlar bilan ishlash bo‘yicha 1-prorektori Alisher Ashurovga berdi. U “Alvido...bolalik” qissasida har doim muhim hisoblangan “tarbiya” masalasiga e’tibor qaratilganligi, asar qahramonlari ayni psixologik o‘tish davrida bo‘lgan o‘smirlar ekanligi va mana shu muhim paytda ularning tarbiyasiga…

Continue ReadingUniversitetning kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.

“Kitobxon yoshlar” onlayn Respublika tanlovi

  • Post category:Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar oyi davomida "Kitobxon yoshlar" onlayn Respublika tanlovi o'tkazilmoqda. Mazkur tanlovda ishtirokchilar telegramdagi maxsus @kitobtanlovbot orqali belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tib, tanlov ishtirokchisiga aylaning! Tanlov nizomi

Continue Reading“Kitobxon yoshlar” onlayn Respublika tanlovi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikatni qoʻlga kiritdi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim sifatini nazorati qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ilk bor attestatsiyadan oʻtdi va davlat akkreditatsiyasi haqida sertifikatni qoʻlga kiritdi.Bu universitetdagi taʼlim xalqaro standartlarga mos kelishi barobarida Oʻzbekistondagi oliy taʼlim standartlariga muvofiq ekanini tasdiqlaydi.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Vatanni asrash, har bir insonning burchi

  • Post category:Yangiliklar

        Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, aholida milliy armiyadan faxrlanish va unga boʻlgan ishonch hissini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida universitetda qishki ta’til davri bo’lishiga qaramay, joriy yilning 12-yanvar kuni onlayn tarzda “Vatanni asrash, har bir insonning burchi” mavzusida tadbir oʻtkazildi.   Tadbirda mehmon sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hodimi, ijtimoiy-gumanitar kafedrasi dotsenti, polkovnik Hotamov Shuhrat Nasirovich –tashrif buyurdi. Shuningdek, universitet birinchi prorektori A.Ashurov, Yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i G.Allamova, Universitetga biriktirilgan Olmazor tumani Ichki ishlar bo’limi, profilaktika katta inspektori  podpolkovnik…

Continue ReadingVatanni asrash, har bir insonning burchi
image_pdfimage_print