“O‘zbekistonda ilk bor koinotga nano SPUTNIK uchirildi”

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekistonda ilk bor Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqarilgan CubeSat (nano sun’iy yo‘ldosh) stratosferaga uchirildi. Vazni 2.5-3.0 kg bo‘lgan, U-klasdagi ushbu apparat, kosmik tadqiqotlar olib borish uchun bir nechta modullardan tashkil topgan 10 sm kub xajmdagi sun’iy yo‘ldosh hisoblanadi. CubeSat bir qator sensor qurilmalardan tashkil topgan bo‘lib, yerdan uzoqlashish balandligini, stratosferadagi havo namligi, shamol tezligi, havoning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi va boshqa turdagi fizikaviy ma’lumotlarni onlayn tarzda universitetda joylashtirilgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi stansiyaga uzatdi, kelgusida qabul qilingan ma’lumotlar geodeziya sohasida ilmiy-tadqiqot olib borish uchun tahlil qilinadi. Shuningdek, CubeSat uchishi davomida video tasvirlarni onlayn tarzda uzatdi, ushbu ma’lumotlar yordamida…

Continue Reading“O‘zbekistonda ilk bor koinotga nano SPUTNIK uchirildi”

  • Post category:Yangiliklar

2021 yil 15 sentyabrda Yevrosiyo texnologiya universitetining xalqaro hamkorlik va akademik harakatlanish bo’limi boshlig’i Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifning maqsadi – ikki universitet o’rtasidagi ilmiy hamkorlikdir. Uchrashuv davomida 2022-yil bahoridan boshlab "Dasturiy Injiniring" yo’nalishi bo’yicha talabalar almashish dasturini boshlash to’g’risida kelishib olindi. 

Continue Reading

O‘zbekistonda ilk bor Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqarilgan CubeSat (nano sun’iy yo‘ldosh) kosmosga uchiriladi.

  • Post category:Yangiliklar

CubeSat stratosferada havo namligi, shamol tezligi, havoning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi va boshqa turdagi ma’lumotlarni onlayn tarzda uzatadi, universitetda joylashtirilgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi stansiyada uzatilgan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Shuningdek, CubeSat uchishi davomida video tasvirlar onlayn tarzda uzatiladi, ushbu ma’lumotlar yordamida kelgusida geo axborot tizimlari yo‘nalishidagi tadqiqotlarda foydalaniladi. Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun sizni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga 2021 yil 17 sentabr kuni ertalab soat 05:30 ga taklif qilamiz.

Continue ReadingO‘zbekistonda ilk bor Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqarilgan CubeSat (nano sun’iy yo‘ldosh) kosmosga uchiriladi.

Kirish imtihonlari (3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 2021-2022 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! Boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar toʻrtta toifaga boʻlingan: BIRINCHI TOIFA: 40.00 va undan yuqori ball toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri First Level (ikkinchi kurs) ga qabul qilinadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2021-yil oktabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi. * Agar abituriyent IELTS sertifikatini oʻz vaqtida taqdim etmasa, u avtomatik ravishda Preparatory…

Continue ReadingKirish imtihonlari (3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Universitetimizga “Allur kompaniyalari guruhi” vakillaridan tashkil topgan delegatsiya tashrif buyurdi.

  • Post category:Yangiliklar

Tashrif maqsadi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti negizida O'zbekiston Respublikasida zamonaviy avtomobilsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimining ijobiy tajribasini o'rganish. Uchrashuvlar davomida avtomobilsozlik sohasida kadrlarni tayyorlash bo’yicha hamkorlik qilish kelishib olindi.

Continue ReadingUniversitetimizga “Allur kompaniyalari guruhi” vakillaridan tashkil topgan delegatsiya tashrif buyurdi.

Yangi O‘zbekistonda Oliy ta’limni xalqarolashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohatlar

  • Post category:Yangiliklar

Bugungi kunda oliy ta’lim - bu bizning ko‘z o‘ngimizda o‘zgarishlar ro‘y berayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Muhtaram Prezidentimiz davlat mustaqilligimizning 30 yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirida so‘zlagan nutqlarida ”Bugungi kunda islohotlarimiz talabi, hayotning o‘zi oliy ta’lim sohasini jadal rivojlantirishni taqozo etmoqda. Shu bois yurtimizda so‘nggi 5 yilda 64 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkazildi. Qabul kvotasi 3 barobar oshirildi. Endilikda bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan – shunga e’tibor bering – 28 foizga yetkazildi. Yaqin kelgusida ushbu ko‘rsatkichni 50-60 foizga yetkazish mo‘ljallanmoqda” – degan fikrlarni ta'kidlab o‘tdilar. So‘ngi…

Continue ReadingYangi O‘zbekistonda Oliy ta’limni xalqarolashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohatlar

Aziz birinchi kurs talabalari!

  • Post category:Yangiliklar

Shu ondan boshlab siz O'zbekistondagi yetakchi oliy o'quv yurtlaridan biri bo’lmish Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti katta jamoasining to'liq a'zosiga aylandingiz. Sizning oldingizda ilm -fan va ijod olamiga eshiklar ochildi. Qaysi hayot yo'lini tanlashingiz va hayotda nimaga erishishingiz faqat sizga bog'liq. Asosiysi, o'z oldingizga yuqori maqsadlar qo'yish va ularga intilish.Turin universiteti talabalari sifatida siz Italiya va O'zbekistonning eng yaxshi professor -o'qituvchilaridan bilim olishingiz, eng zamonaviy ilmiy asbob-uskunalardan foydalangan holda taniqli olimlar rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug'ullanishingiz, eng yaxshi universitetda talabalik yillarini o'tkazishingiz mumkin.Siz Yangi O'zbekistonda ta'lim sohasi jadal rivojlanayotgan davrda talaba bo'ldingiz.Universitetimizda o'qigan yillaringizdan unumli foydalanishingizni tilayman. Ilm -fan…

Continue ReadingAziz birinchi kurs talabalari!

Hurmatli vatandoshlar!

  • Post category:Yangiliklar

Sizni O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bardavom bo‘lsin. Har doim ona yurtimiz uzra musaffo osmon, odamlar qalbida tinchlik, uylarida farovonlik bo‘lsin! Hurmat bilan, Universitet jamoasi

Continue ReadingHurmatli vatandoshlar!

Oldinga intilish uchun innovatsion harakat

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, 31-avgust kuni Italiyaning Danieli Group kompaniyasi vakili Lorentso Mozetich universitetimizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u bitiruvchilarimizni o'z kompaniyasiga taklif qildi. Danieli Group - metallurgiya sanoati uchun asbob -uskunalar va fizik zavodlarning Italiya yetkazib beruvchisi. Bu po'lat zavodlari ishlab chiqarishda, xususan, uzun mahsulotlar segmentida jahon yetakchilaridan biri bo'lib, u bozor ulushining 90% dan ortig'iga ega.

Continue ReadingOldinga intilish uchun innovatsion harakat

Qo’shma ta’lim dasturiga birinchi kirish imtihoni o’tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Jizzax politexnika instituti hamkorligida tashkil etilgan Mashinasozlik texnologiyasi qo'shma ta'lim dasturiga birinchi kirish test sinovlari o'tkazildi. 10 sentyabrga qadar ikkinchi kirish test sinovlari uchun xujjatlar qabul qilinadi. Alohida qayd etish joizki, ushbu qo'shma ta'lim dasturida tahsil oladigan talabalar o'qishni tamomlagach davlat naʼmunasidagi Jizzax politexnika instituti va Turin politexnika universiteti diplomiga ega bo'lishadi.

Continue ReadingQo’shma ta’lim dasturiga birinchi kirish imtihoni o’tkazildi

Matematik olim “Doʼstlik” ordeni sohibi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tabiiy-matematika fanlari kafedrasi professori Fayazov Qudratillo Sadridinovich “Doʼstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Oliy darajali “Doʼstlik” ordeni bilan qardosh xalqlar oʼrtasida koʼp asrlik doʼstlik va qoʼshnichilik munosabatlarini mustahkamlashdagi, jamiyat va xalqlarning birdamligini uygʼunlashtirishdagi, xar tomonlama strategik hamkorlikni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun faxrli ustozimiz Fayazov Qudratillo Sadridinovichni bu mukofot bilan universitetimiz jamoasi chin yurakdan tabriklaydi. Vatan taraqqiyoti yoʼlida olib borayotgan faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.

Continue ReadingMatematik olim “Doʼstlik” ordeni sohibi

Startap loyihalar qo‘llab-quvvatlanmoqda

  • Post category:Yangiliklar

2021-yil 23-avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki» Aksiadorlik jamiyatida bo’lib o’tgan taqdimot marosimi natijasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari milliy bank tomonidan startap loyihalari uchun ajratilgan kreditga ega bo‘lishdi. Kredit ajratilishdan maqsad – shijoatli yoshlarga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash. Kredit miqdori – 100 ming AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda. Taqdimot marosimi davomida talabalarimiz o‘z loyihalari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Kredit berishga loyiq deb topilgan loyihalar quyidagilar: VELOCITY (veloprokat) G‘oya: Velosipedni bitta parkdan oling, mo‘ljallangan manzildagi boshqa parkda qoldiring. PACS IMAGE…

Continue ReadingStartap loyihalar qo‘llab-quvvatlanmoqda

QABUL – UCHINCHI BOSQICH

  • Post category:Yangiliklar

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2021/2022 O‘QUV YILI BAKALAVRIATIGA QABUL – UCHINCHI BOSQICH QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI QABUL – BIRINCHI BOSQICH QOIDALARIGA TO‘G‘RI KELADI Imtihon sanasi Kirish imtihonining uchinchi bosqichi sentyabr oyida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi).RO‘YXATDAN O‘TISH 15 AVGUST, DUSHANBA KUNIDAN BOSHLANADI.MUHIM ESLATMA: Uchinchi bosqich kirish imtihonidan oʻtgan abituriyentlar Tayyorlov bosqichni oʻtkazib yubora olmaydilar. Kirish imtihonlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boʻlib oʻtadi. Manzil: Toshkent shahri, Kichik Xalka Yuli, 17, 100095, Oʻzbekiston (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Asia.uz” supermarketi).   Imtihonda qatnashish uchun quyidagi bosqichlar bajarilishi zarur: 1-BOSQICH Onlayn roʻyxatdan oʻtish ILTIMOS, ON-LAYN…

Continue ReadingQABUL – UCHINCHI BOSQICH

Yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ochildi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Software Engineering” va “Architecture and Design” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari tashkil etildi. Yangi ta’lim yo‘nalishlarda talabalar 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab tahsil olishni boshlaydi. Ta’lim kunduzgi shaklda, davomiyligi 4 yil, barcha fanlar Ingliz tilida mahalliy va xorijiy professor o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi, ta’lim olish davrida xorijiy hamkor universitetlarga Exchange student dasturi orqali 1 yoki 2 semestr ta’lim olish imkoniyati mavjud. Talabalar 2,3-kursda Work&Travel dasturida ishtirok etishi mumkin. Ta’lim jarayoni kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida tashkil qilinadi. Shartnoma miqdori 19,200 ming so‘m. Yangi ta’lim yo‘nalishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi…

Continue ReadingYangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ochildi

Muqobil energetika bo’yicha Daniyalik ekspert bilan uchrashuv

  • Post category:Yangiliklar

Muqobil energetika eksperti Dr.Hans Laurberg (Rope Robotics assoschisi), 29-iyulda 2021 yil, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifi davomida universitet rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida, muqobil energiya resurslarida robototexnika qurulmalaridan foydalanish to'g'risida muzokaralar olib borildi.9-Avgust kuni professor o'qituvchi va talabalar uchun ochiq seminar tashkil qilinishi belgilandi.

Continue ReadingMuqobil energetika bo’yicha Daniyalik ekspert bilan uchrashuv

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Italiyaning Turin shahridagi Politecnico di Torino universiteti o’rtasidagi hamkorlik shartnomasi yangilandi

  • Post category:Yangiliklar

2021 yil 19-23 iyul kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya Politecnico Di Torino (Italiya) ga rasmiy tashrif buyurdi. Delegatsiya Polito universiteti rektori, professor Guido Saracco bilan uchrashuv o’tkazdi. Tashrif davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik masalalari va istiqbolga mo'ljallangan uzoq muddatli rejalarni muhokama qildilar. TTPU va POLITO o'rtasida 2021-2026 yillarda akademik hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. 2022/2023 o'quv yilidan boshlab "Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari" yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasining professional dasturini boshlashga kelishib olindi. Ushbu dasturda talabalar uch yillik ta'limdan so'ng darhol ish joyida ishlatilishi mumkin bo'lgan kasbiy ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Ushbu bakalavriat dasturi 50 nafargacha talaba uchun mo'ljallangan, bajarish orqali…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Italiyaning Turin shahridagi Politecnico di Torino universiteti o’rtasidagi hamkorlik shartnomasi yangilandi

Kirish imtihonlari (1-bosqich va 2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 2021-2022 o’quv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI O’TGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni so’raymiz! Bo’lib o’tgan ikkita kirish imtihonlariga ko'ra (birinchisi - 21 mayda, ikkinchisi - 6, 7, 8 iyulda) natijalar oltita toifaga bo'lingan: BIRINCHI TOIFA: 50,00 va undan yuqori ball to'plaganlar nafaqat First Level (ikkinchi kurs)ga o'qishga kiradilar, balki GRANT ham olishadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega bo'lmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2021-yil avgust oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak *. Ushbu toifada o'qish to'lovi mavjud emas. IKKINCHI TOIFA: 40.00 va undan yuqori, ammo 50.00 dan past ball to’plaganlar,…

Continue ReadingKirish imtihonlari (1-bosqich va 2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Qabul natijalari 2-bosqich

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar! 2021-2022 o’quv yili uchunKIRISH IMTIHONLARINIDAN MUVAFFAQIYATLI O’TGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!2021-yilning 6, 7 va 8-iyul kunlari bo’lib o’tgan kirish imtihonlariga,QUYIDA IMTIHON NATIJALARNI KO'RISHINGIZ MUMKIN,TOIFALAR (grant/shartnoma asosida, 1 kurs/2 kurs, qabul qilindi/qilinmadi va boshqa afzaliklarni ega bo'lishingiz, imkoniyatlar bo'yicha) dushanba (12.07.2021) kuni e'lon qilinadi.

Continue ReadingQabul natijalari 2-bosqich
image_pdfimage_print