TTPU xodimlari ERASMUS+ SPACECOM loyihasi doirasida Berlin texnika universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro yig‘ilishda qatnashdilar

  • Post category:Yangiliklar

2023 yil 21-26 avgust kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU)ning professor-o‘qituvchi va xodimlari Germaniyaning Berlin texnika universiteti (Technische Universität Berlin)da xalkaro anjumanda ishtirok etdi. Anjumanda Yevropa universitetlari: Sorbonna Universiteti (Sorbonne Université, Parij); EXOLAUNCH kompaniyasi (Germaniya); Technical University Sofia (Bolgariya); AP Hogeschool (Artesis Plantijn Hogeschool Antwerpen) Antwerpen (Belgiya), Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkmaniston va O‘zbekistondan 6 ta universitet va institutlar: “Al-Horazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti” (TATU) – loyiha koordinatori; “Farg‘ona politexnika instituti” (FarPI); “Toshkent davlat texnika universiteti” (TDTU); “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali”; “O‘zbekiston milliy universiteti” (O‘zMU); “Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi astronomiya instituti”; “Muhammad al-Xorazmiy…

Continue ReadingTTPU xodimlari ERASMUS+ SPACECOM loyihasi doirasida Berlin texnika universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro yig‘ilishda qatnashdilar

Biznes boshqaruvi – Menejment yo‘nalishi bo’yicha abituriyentlar ro’yxati (Faza 3)

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, 2023-yil 26-avgust, shanba kuni "Menejment"yo'nalishi bo'yicha abituriyentlar ro'yxati va kirish imtihonining tegishli vaqtlari bilan tanishing. Iltimos, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID) va kirish imtihoni uchun to'lov kvitansiyasini olib keling. .Imtihon jarayonining shaffofligiga rioya qilish maqsadida, imtihonning oxirida natijalar har bir abituriyentning kompyuter ekranida ko'rsatiladi. Ertangi imtihonda o'tish ballidan yuqori, 15 balldan yuqori ball to'plagan abituriyentlar 28 avgustdan boshlab Marketing bo'limidan (102-xona) o'z shartnomalarini olishlari mumkin.

Continue ReadingBiznes boshqaruvi – Menejment yo‘nalishi bo’yicha abituriyentlar ro’yxati (Faza 3)

“International Conference on Electrical Engineering & Computing Convergence and Applications 2023”

  • Post category:Yangiliklar

2023-yilning 16-19-avgust kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida elektrotexnika, hisoblash konvergensiyasi va ularning amaliyotda qo’llash bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Gibrid formatda (offlayn va onlayn) o‘tayotgan konferensiyada elektrofizika va uni amaliyotda qo’llash, energiya taqsimotini nazorat qilish, sun'iy intellekt va tizim konvergensiyasi, yashil tabiatga zarar keltirmaydigan intellektual transport tizimlari, geomatik muhandislik hamda qurilish loyihalarini modellashtirish kabi mavzularga oid bir qancha ilmiy maqolalar va izlanishlar muhokama qilinishi ko’zda tutilgan.qaratilgan. Xalqaro konferensiyaning asosiy tashkilotchilari: • KIEE-Electro-physics & Application Society • Koreya Milliy Transport Universiteti • Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti, • Turin Politexnika Universiteti (Italiya) • Muxammad al-Xorazmiy nomli Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti…

Continue Reading“International Conference on Electrical Engineering & Computing Convergence and Applications 2023”

📣 Hurmatli talabalar 📣

  • Post category:E'lonlar

Quyidagi yo'nalishlarda 2023-2024 o'quv yili uchun to'lov shartnoma miqdori o'zgarganini e'lon qilamiz P.S. Agar o'quv shartnoma miqdorini to'liq to'lash 2023 yil 1-sentyabrgacha amalga oshirilsa, shartnoma miqdori 2022-2023 o'quv yili kabi bo'ladi (Italiya yo'nalishlar - 28,500,000, o'zbek yo'nalishlar - 19,200,000).

Continue Reading📣 Hurmatli talabalar 📣

Yaponiyalik professorlarga Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining «Faxriy professori» unvoni berildi.

  • Post category:Yangiliklar

Yaponiyaning Denki Universiteti professori Yasushi Niitsu, hamda Yer fanlari va tabiiy ofatlarga chidamlilik milliy tadqiqot instituti professori, Chikahiro Minovalarga Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetininig “Faxriy professori» unvoni berildi. Professor Chikahiro Minova «Binolarning seysmik mustaqilligini tahlil qilish va kuchaytirish» mavzusidagi ilmiy ishlari bilan mashhur. Seysmik ustuvor binolar qurilishi bo‘yicha yaponiyaliklar tajribasini o‘rgatish, institutda tashkil qilingan laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi ko‘p yillik ilmiy loyihalarni Minova Chikaxiro boshchilik qilgan.

Continue ReadingYaponiyalik professorlarga Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining «Faxriy professori» unvoni berildi.

❗️DIQQAT❗️

  • Post category:E'lonlar

Quyida keltirilgan talabalar keyingi bosqichga o'tish uchun yetarlicha kredit to'play ololmaganlari sababli, tegishli kursda 2023-2024 o'quv yilidan qayta o'quvga qoldirildi ! FIRST LEVEL (BM-PY) First level (BM+PY) repeatDownload SECOND LEVEL (SE-AD-BM) Second level (SE-AD-BM) repeatDownload THIRD LEVEL (SE-AD) Third level (SE-AD) repeatDownload

Continue Reading❗️DIQQAT❗️

Yaponiyalik professorlar TTPUda seminar trening o‘tkazdi

  • Post category:Yangiliklar

2023-yil 31-iyul va 1-avgust kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Yaponiyadan kelgan mutaxassislar ko‘magida “Tasvirga ishlov berish usullaridan foydalangan holda binolarning seysmik barqarorligini baholash” mavzusida ikki kunlik ilmiy seminar trening tashkil etildi.Seminarga Farg‘ona politexnika instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent arxitektura-qurilish universitetidan mutaxassislar va tadqiqotchilar taklif etildi.Ushbu seminarga Tokio Denki universiteti professori Yasushi Niitsu va Yer fanlari va tabiiy ofatlarga chidamlilik milliy tadqiqot institutidan Chikahiro Minova taklif qilindi.Seminar-treningda seminar ishtirokchilari va yapon professorlari birgalikda kichik bino modeli bilan tasvirni qayta ishlash tajribasini o'tkazdilar.

Continue ReadingYaponiyalik professorlar TTPUda seminar trening o‘tkazdi

Biznes boshqaruvi – Menejment yo‘nalishi uchun uchinchi faza kirish imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

📣HURMATLI ABITURIENTLAR!Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga (“Biznes boshqaruvi - Menejment”) yo'nalishi uchun uchinchi faza kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'tish BOSHLANDI! ❗️Ro'yxatdan o'tish muddati 2023-yil 23 avgustgacha.✍️Imtihon sanasi: 2023 yil 26 avgust. 📞71-246-80-51; 71-246-80-52 RO'YXATDAN O'TISH

Continue ReadingBiznes boshqaruvi – Menejment yo‘nalishi uchun uchinchi faza kirish imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Read more about the article Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 2023/2024 o‘quv yili uchun professor  o‘qituvchilarni dars berish bo‘yicha bо‘sh (vakant) о‘rinlariga tanlov e’lon qiladi:
Job Application Hiring Employment Digital Tablet Browsing Concept

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 2023/2024 o‘quv yili uchun professor  o‘qituvchilarni dars berish bo‘yicha bо‘sh (vakant) о‘rinlariga tanlov e’lon qiladi:

  • Post category:E'lonlar

I “Avtomatik boshqaruv va kompyuter” kafedrasiga quyidagi fanlar bo‘yicha: 1. Applied electronics and measurement (5 kredit) 2. Software Project Management (6 kredit) 3. Software quality assurance (6 kredit) 4. Software Architecture (6 kredit) 5. Basics of cybersecurity (6 kredit) 6. Software for Sustainable Development (6 kredit) 7. Digitalization (Digital Business Platforms) (6 kredit) 8. Human-computer interaction (8 kredit)   9. Data Mining (6 kredit) 10. Mobile Apps (Native and Web) (6 kredit) 11. Game development (6 kredit) 12. Fundamentals of Technological Change (6 kredit) 13. Enterprise Data Management (6 kredit) II “Arxitektura va Qurilish” kafedrasiga quyidagi fanlar bo‘yicha: 1. Construction Project…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 2023/2024 o‘quv yili uchun professor  o‘qituvchilarni dars berish bo‘yicha bо‘sh (vakant) о‘rinlariga tanlov e’lon qiladi:

SAIDOV ABDULLA ABDUNAZAROVICHning vafoti munosabati bilan ta’ziya.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti jamoasi “Mashinasozlik va aviakosmik muhandisligi” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, universitet kengash a’zosi SAIDOV ABDULLA ABDUNAZAROVICHning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, chuqur ta’ziya izhor etadi. Abdulla Abdunazarovich uzoq yillardan buyon Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida samarali faoliyat ko'rsatib kelgan. U kamtarin, mehnatsevar inson, mehribon ustoz, oqil rahbar sifatida hamkasblarining hurmatiga sazovor bo'lgan edi.

Continue ReadingSAIDOV ABDULLA ABDUNAZAROVICHning vafoti munosabati bilan ta’ziya.

❗️DIQQAT

  • Post category:E'lonlar

Ish haqi va kommunal xizmat tolovlarining oshganligini inobatga olgan xolda, hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Vasiylik kengashi a’zolarining yig‘ilish bayonnomasiga asosan, 2023/2024 o'quv yilidan*️⃣Dasturlash muhandisligi*️⃣Arxitektura va dizaynta'lim yo'nalishlari barcha bosqichlarida (2,3 va 4-bosqich), bir o'quv yili uchun shartnoma to'lovi 22 000 000 (yigirma ikki million) so'm qilib belgilandi.

Continue Reading❗️DIQQAT

Bank ma’lumotlari o’zgardi

  • Post category:E'lonlar

Yangi bank rekvizitlari:Bank: TIF Milliy Bank. AJ “Olmazor” BXMBank manzili: Toshkent sh., Olmazor tumani, Qoraqamish-2, 54H/r: 20208000204790690001MFO: 00450INN: 301249598OKED: 85420Valyuta hisob raqami: 20208978204790690003 (EUR €)Valyuta hisob raqami: 20208840904790690003 (USD $)SWIFT: NBFAUZ2XXXX

Continue ReadingBank ma’lumotlari o’zgardi

Italiyada Erasmus + “MUSAE: “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli ko’nikmalari”/ Multidisciplinary Skills for Artists’ Entrepreneurship” loyihasi doirasida treninglar o’tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

2023-yilning 6-iyulidan 13-iyuliga qadar Italiyaning L'Aquila shahrida Erasmus + “MUSAE: “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli ko'nikmalari” loyihasi doirasida 9 ta universitet (O‘zbekiston, Falastin va Tunis) talabalarining treninglari va loyihalari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti,  K.Bekzod nomidagi Amaliy san’at instituti hamda O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabalari qatnashdi . Talabalar turli yo'nalishlarda o'zlarining innovatsion ishlarini taqdim etdilar, ularning har biri aholining turli qatlamlarini, ta'lim va kasbiy sohalarda va hokazolarni qo'llab-quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan to'liq loyihalardir. Shuningdek, shu davrda loyiha boshqaruvi aʼzolarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda talabalar tomonidan taqdim etilgan ishlar, loyiha natijalarini tarqatish, kelgusidagi vazifalar va moliyaviy…

Continue ReadingItaliyada Erasmus + “MUSAE: “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli ko’nikmalari”/ Multidisciplinary Skills for Artists’ Entrepreneurship” loyihasi doirasida treninglar o’tkazildi.

Ijara xonadonlari va yaqin qarindoshinikida istiqomat qiladigan talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar

  • Post category:Yangiliklar

Talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirish maqsadida akademik guruh tyutorlari, ota-onalar, universitetimizda faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari va mahalla masʼullari bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti yaqinidagi va Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati tumanlarida ijaraga beriladigan xonadonlar aniqlandi xamda sharoitlari o‘rganilib chiqildi. Hozirgi vaqtda, yangi 2023-2024 oʼquv yilida 204 nafar talaba ijarada turish niyatini bildirib ushbu aniqlangan xonadonlarga joylashadigan boʼlishdi. Shu bilan birga turli viloyatlardan universitetda tahsil olish uchun kelgan 110 nafar talaba Toshkent shahrida yaqin qarindoshlari bo‘lganligi sababli ushbu xonadonlarga joylashadigan bo‘ldilar. Shu jumladan, Toshkent shahri tumanlari kesimida: Olmazor tumani – 65 nafar Chilonzor tumani – 43 nafar Shayxontoxur tumani –…

Continue ReadingIjara xonadonlari va yaqin qarindoshinikida istiqomat qiladigan talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar

Talabalar turar joyida talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Respublikamiz uzoq hududlaridan hamda xorijiy davlatlardan kelib tahsil olayotgan talaba-yoshlarning qulay sharoitda yashashlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 160 o‘ringa mo‘ljallangan to'rt qavatdan iborat, barcha qulayliklarga ega Talabalar turar joyi keyingi 2023-2024 o’quv yiliga tayorlab qo‘yildi. Talabalar turar joyidagi xonalar barcha kerakli jihozlar: kir yuvish mashinalari, taom tayyorlash uchun plita, mikroto'lqinli pech, ovqatlanish xonasi bilan ta’minlangan. Talabalar bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazishlari  uchun  yotoqxonada kutubxona, hamda Wifi nuqtalari ham mavjud.

Continue ReadingTalabalar turar joyida talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar

“Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 2023-yil 15-iyul shanba kuni boʻlib oʻtadigan kirish imtihoni vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. 

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, “Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 2023-yil 15-iyul shanba kuni boʻlib oʻtadigan kirish imtihoni vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va to'lov kvitansiyasini olib keling.

Continue Reading“Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 2023-yil 15-iyul shanba kuni boʻlib oʻtadigan kirish imtihoni vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. 
image_pdfimage_print