PhD dissertatsiyasi ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 21-aprel sanasida, Italiyaning Turin politexnika (Politecnico di Torino) universitetida  TTPUning “Mexanik va aerokosmik muhandisligi” kafedrasi o‘qituvchisi Yahshilikova Gulnora «Gibrid elektr transport vositalari uchun energiyani boshqarish tizimini rivojlantirish» (Development of Energy Management System for Hybrid Electric Vehicles) mavzusidagi PhD dissertatsiyasini Prof.Andrea Tonoli (Politecnico di Torino) va DSc. Sanjarbek Ruzimov (TTPU) rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qildi. Universitet professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan komissiya, amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholab, uning zamonaviy ishlab chiqarishdagi ahamiyati va dolzarbligini ta’kidladi va tadqiqotchining kelgusi ilmiy faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Continue ReadingPhD dissertatsiyasi ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Zakovat” klubi 3-bosqich uyini o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 19 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Zakovat klubining 3-bosqich uyini o‘tkazildi. Uyinni o‘tkazishdan asosiy maqsad, talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, darsdan tashqari bilimlarini keng doirada yanada mustahkamlash va turli mavzularda o‘zlarini fikrlarini teran ayta bilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. O‘yinning uchinchi bosqichida 1-“SU” jamoasi 2-“Posledniy patron” jamoasi 3-“Millon” jamoalari ishtirok etdilar. Qizg‘in kechgan baxsda “SU” jamoasi ikkita savolga to‘g‘ri javob berib 2 ballni, “Posledniy patron” jamoasi beshta savolga to‘g‘ri javob berib 5 ballni va “Million” jamoasi bitta ham savolga to‘g‘ri javob berisholmadi 0 ballni, peshqadamlikka “Posledniy patron” jamoasi chiqib oldi. Tadbir so‘ngida har bir jamoadan ishtirokchilar…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Zakovat” klubi 3-bosqich uyini o‘tkazildi

“Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 18 aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida «Ogohlik davr talabi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet talabalari ishtirokida, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, universitet katta profilaktika inspektori, podpolkovnik Yusupov Sh.N. tashabbusi bilan, Olmazor tumani Axborot Tehnologiyalari soxasidagi kiber jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimi kapitan Yarmatov Sh.X, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, profilaktika inspektori, leytenant Ismoilova A.F lar hamkorligida o‘tkazildi.Tadbir doirasida so‘zga chiqqanlar,1) "KIBЕRXAVFSIZLIK" va xanuzgacha uning domiga tushayotganlar, bu illatdan qanday qutulish mumkinligi, o‘zimizda unga qarshi immunitetni shakllantirishimiz zarurligi xaqida so‘z bordi.2) Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash3) Korrupsiya holatlarini oldini olish va unga qarshi kurash4) Jinoyatchilik va giyohvandlikka…

Continue Reading“Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati

“Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 18 aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida «Ogohlik davr talabi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet talabalari ishtirokida, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, universitet katta profilaktika inspektori, podpolkovnik Yusupov Sh.N. tashabbusi bilan, Olmazor tumani Axborot Tehnologiyalari sohasidagi kiber jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimi kapitan Yarmatov Sh.X, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, profilaktika inspektori, leytenant Ismoilova A.F lar hamkorligida o‘tkazildi. Shuningdek, tadbirda universitet yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig`i G.Allamova, universitet oila xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor masalaxatchisi, tyutor F.Nabixanova hamda universitet psixologi N. Bo'rixonovalar ham ishtirok etdi.Tadbir doirasida so‘zga chiqqanlar,1) "KIBЕRXAVFSIZLIK" va xanuzgacha uning domiga tushayotganlar, bu illatdan qanday qutulish…

Continue Reading“Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati.

Tajriba-bilimning yagona manbaidir

  • Post category:Yangiliklar

Qurilish va arxitektura fakulteti talabalari uchun katta afzalliklardan biri bu ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning qurilish maydonlarida o‘tkazilishidir. Kafedraning 3-kurs bakalavriat talabalari Geodeziya kursining amaliy qismini Tashkent City LOT6 qurilish maydonchasida olib bordilar. Amaliyotda professor Saidislomxon Usmonov rahbarligidagi talabalar “PE BOMI Construction Engineering Co., LTD” kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda Geodeziya asboblaridan foydalangan holda sifatni ta’minlash jarayonida ishtirok etdilar. Bu talabalarga nazariy bilimlarini mustahkamlashga va amaliy tajriba orttirishga yordam beradi.

Continue ReadingTajriba-bilimning yagona manbaidir

“Milliy libos-millat qiyofasi!”

  • Post category:Yangiliklar

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, qizlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat va sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida, joriy yilning 12 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Milliy libos-millat qiyofasi!” shiori ostida, ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Таdbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Ushbu tadbirda universitet talaba-qizlari bilan birga Pavel Benkov nomli san’at…

Continue Reading“Milliy libos-millat qiyofasi!”

TTPUda Amir Temur tavalludining 687-yilligiga bag’ishlab madaniy tadbir o’tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 5 aprel kuni universitet talabalari hamda akademik litsey o‘quvchi-yoshlari ishtirokida Amir Temur tavalludining  687- yilligiga bag‘ishlab “Jahon tamaddunida Sohibqiron Renessansi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mehmon sifatida O‘zbekiston Xalq artisti Tesha Mo'minov, Respublika akterlar uyi direktori Munira Raximova va akademik litsey tarix fani o‘qituvchisi Sayyora Xakimova ishtirok etdilar. Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, o‘z nutqida 9 aprel kuni O‘zbekistonda buyuk davlat arbobi va sohibqiron Amir Temurning 687-yilligi keng nishonlanishi hamda Temur va temuriylar sulolasi davridagi moddiy va ma’naviy meroslar, ularni bugungi kunda xalqimiz tomonidan o‘rganilishi milliy o‘zligimizni anglashga zamin yaratishini qayd etdi.Akademik litseyning tarix fani o‘qituvchisi Xakimova…

Continue ReadingTTPUda Amir Temur tavalludining 687-yilligiga bag’ishlab madaniy tadbir o’tkazildi.

TTPUda shaxmat bo‘yicha “Rektor kubogi” bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

TTPUda shaxmat bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi va unda 60 nafarga yaqin universitet va akademik litsey talabalari ishtirok etdi. Turnir natijalari: 1-oʻrin — Raupov Nasrullo 2-o'rin - Jahongirov Samandar; 3-o‘rin – Abduqayumov Akbar. G‘oliblarni tabriklaymiz! G'oliblarni taqdirlash marosimi joriy yilning 29 aprel kuni bo‘lib  o‘tadi.

Continue ReadingTTPUda shaxmat bo‘yicha “Rektor kubogi” bo‘lib o‘tdi.

Loyiha tashkilotlari o’rtasida tanlov

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Shifonur koʼchasi 75-А uy manzili boʼyicha joylashgan talabalar yotoqxonasi binosini kapital taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish boʼyicha loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish boʼyicha tanlov eʼlon qiladi. Tanlov ishtirokchilaridan kelib tushgan takliflar quyidagi mezonlar boʼyicha baholanadi: Tartib raqam №Talablarning nomlanishiBall1Obyektni oʻrganganligi va ishlarni oʻz vaqtida topshirish toʻgʻrisida kafolat xati (obyekt mavjud holati va bajarilishi lozim boʻlgan ishga loyiha taklifidan fotosuratlar ilova qilinsin)202Tanlov ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha kafolat xatining mavjudligi53Tashkilotda faoliyat yurituvchi xodimlar soni 10 va undan yuqoriligi (F.I.Sh., lavozimi hamda ish tajribasi (yil) haqida toʻliq maʼlumot, QR kodi bilan.104Loyiha…

Continue ReadingLoyiha tashkilotlari o’rtasida tanlov

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “I2-PLEDGE” yangi xalqaro ta’lim loyihasida ishtirok etmoqda.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) “I2-PLEDGE: Biotibbiyot muhandisligi bo'yicha innovatsion va fanlararo dasturlarni O'zbekistondagi talabalarning ishga joylashishi uchun raqamli o'sish dasturidan foydalanish” deb nomlangan yangi xalqaro ta’lim loyihasi doirasida Yevropa va O‘zbekistonning bir qancha boshqa universitetlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi. Loyihaning boshlang‘ich yig‘ilishi 2023-yil 29-30-mart kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi, Erasmus+ Milliy ofisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yevropa va O‘zbekistondagi hamkor universitetlar vakillari ishtirok etdi. "I2-PLEDGE" loyihasi talabalarga biotibbiyot muhandisligi bo'yicha innovatsion va fanlararo dasturlarni taqdim etishdan iborat bo'lib, ularning O'zbekistonda ish bilan ta'minlanishi uchun raqamli o'sish dasturidan…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “I2-PLEDGE” yangi xalqaro ta’lim loyihasida ishtirok etmoqda.

Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo’yicha referendumning mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suhbati

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 30-mart kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi hamda 2023 yil 30-aprelida bolib o‘tishi rejalashtirilayotgan referendumning mazmuni va mohiyati yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, talaba-yoshlarni e’tiborini bo‘lib o‘tadigan referendumga qaratib, yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarga jumladan ta’lim sohasi, ilm-fanga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Shundan so‘ng so‘z navbati Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Feruza Abdurashidovna Muhitdinovaga berilib, tadbir qatnashchilariga referendum tushunchasi, xuquqiy asoslari, Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar to‘g‘risida keng qamrovli tushunchalar berildi. Konstitutsiya loyihasi yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflari tashkil etilgan “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasi…

Continue ReadingKonstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo’yicha referendumning mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suhbati

“Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʼzgusi”

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 31 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida kitobsevarlar klubi uchrashuvlari doirasida “Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʼzgusi” nomli adabiy-badiiy tanlovi boʼlib oʼtdi. Tanlovda klubning aʼzolaridan tashkil etilgan jamoalar to‘rtta shart bo‘yicha bellashdilar. Tanlov juda qiziq va ko‘tarinki ruhda kechdi. Jamoalar bir-biridan qiziq bo‘lgan shartlarni bajarish mobaynida o‘zlarini o‘zbek adabiyoti bo‘yicha nechogʼlik bilimdon ekanligini ko‘rsatibgina qolmay, balki tomoshabinlarga ham yuqori kayfiyat bag‘ishlab ularning eʼtiroflariga sazovor bo‘lishdi. Bajarilgan shartlar natijalariga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni “Fikr parvozi”, 2-o‘rinni “Javohir” va 3-o‘rinni “Koinot” jamoalari egallashdi. G‘olib va sovrindor jamoalar aʼzolari diplomlar va esdalik sifatida kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar.

Continue Reading“Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʼzgusi”

Universitet xodimlari uchun seminar trening tashkil etildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 29 mart kuni, universitet psixologi tomonidan xodimlar uchun “Emotsional kuyish” mavzusida seminar trening o‘tkazildi. Treningdan maqsad: emotsional kuyish hollari haqida ma‘lumot berib, hodimlar bilan guruhni birlashtirish ko'nikmalarini mashq qilishga qaratildi.Seminar mavzusi doirasida emotsional kuyish, uning simptomlari, professional kuyish, o‘zini boshqarish yo‘llari muhokama qilindi. Treningda interaktiv, guruhda ishlash va rolli o‘yinlar usullari qo‘llanildi.

Continue ReadingUniversitet xodimlari uchun seminar trening tashkil etildi

Universitetda “Fine art” tasviriy san’at tanlovi o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus” doirasida yoshlarning musiqa, adabiyot, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida, Joriy yilning 29 mart kuni universitet talaba va akademik litsey o‘quvchi-qizlar  o‘rtasida "Fine art" nomli tasviriy san’at tanlovi tashkil etildi. Unda yoshlar turli mavzularda erkin uslubda o‘z iste’dodlarini namoyish qilishdi. 

Continue ReadingUniversitetda “Fine art” tasviriy san’at tanlovi o‘tkazildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Zakovat” klubining 2-bosqich o‘yini o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 28 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Zakovat klubining 2-bosqich o‘yini o‘tkazildi. Asosiy maqsad - talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellectual salohiyatini oshirish va turli mavzularda o‘z fikrlarini teran ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga, o‘yin turli bahs-munozaralarga kirishish va tez fursatda qaror kabul qilishni o‘rgatadi. Zakovatning Ikkinchi bosqichida quyidagi jamoalari ishtirok etdilar. 1.“The best” 2.“Turin litsey” 3.“Managers TOP” 4.“Evrika” Klub uchrashuvining moderatorlari, akademik guruhlar tyutorlari Maxkamov Jamshid va Eshonqulov Mirshod o‘yinga start berishdi. Tadbir so‘ngida har bir jamoadan ishtirokchilar, o‘tgan o‘yin yuzasidan o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Zakovat” klubining 2-bosqich o‘yini o‘tkazildi

Kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 2023-2024 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2023-yil 13-martda boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar beshta toifaga boʻlingan: BIRINCHI TOIFA: Quyidagi abituriyentlar to`g`ridan to`g`ri ikkinchi kurs (First level) ga oʻqishga qabul qilinadilar,hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan quyidagi yo`nalishlar bo`yicha TOʻLIQ GRANT ajratiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak *. Ushbu toifa uchun shartnoma toʻlovi mavjud emas. T/rFamiliyaIsmFakultet1ZulunovaNasibaAvtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi2HikmatullayevShamshodAvtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi3MirsaidovRashidAvtomatik…

Continue ReadingKirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

TTPU kitobsevarlar klubi a’zolarining uchrashuvlari doirasida mushoira kechasi o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 24 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining yozgi kutubxonasida kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi doirasida mushoira kechasi o‘tkazildi. Ushbu kechada talaba-yoshlarga ustozlari tomonidan yurtimizda kitobxonlikka berilayotgan e’tibor, kitobning inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Klub a’zolari ham bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bayon etib, o‘zbek she’riyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekiston xalq shoirlari Zulfiyaxonim, Erkin Voxidov, Abdulla Oripov, Muxammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva, Xurshid Davron va boshqa o‘zbek shoirlarning ijodiga mansub bo‘lgan she’rlardan yoddan namunalar o‘qib berishdi. Kecha yakunida esa mushoirada faol ishtirok etgan talabalar badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.

Continue ReadingTTPU kitobsevarlar klubi a’zolarining uchrashuvlari doirasida mushoira kechasi o‘tkazildi

TTPU va Indoneziya fan va texnologiyalar Muhammadiyah Aisyiyah oliy taʼlim muassasasi uyushmasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

  • Post category:Yangiliklar

2023-yilning 13-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga Indoneziyaning Toshkentdagi elchixonasi hamda Muhammadiyah Aisiyah oliy ta’lim fan va texnologiyalar uyushmasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Magelang Muhammadiya universiteti, Jakarta Muhammadiya universiteti, Surakarta Muhammadiya universiteti, Yogyakarta Muhammadiya universiteti, Muhammadiya universiteti professori Prof. Dr. HAMKA, Muhammadiyah Ache universiteti muhandislik fakultetlari, Ahmad Dahlan universiteti amaliy fanlar va texnologiyalar fakulteti memorandumlar imzolandi. Shuningdek, TTPUning Mashinasozlik, Qurilish va Kompyuter injiniringi fakultetlari bilan Uyushma universitetlarining muhandislik fakultetlari o‘rtasida memorandum imzolandi. Memorandum doirasidagi hamkorlik ko‘lami akademik hamkorlik, talabalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Toshkent…

Continue ReadingTTPU va Indoneziya fan va texnologiyalar Muhammadiyah Aisyiyah oliy taʼlim muassasasi uyushmasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Tarmoq yosh ishchi-xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 14 mart kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari kasaba uyushmasi Toshkent hududiy bo‘linma Kengashi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan tarmoq yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi. Ushbu bilimdonlar bahsida Turin politexnika universitetining "Turin bilimdonlari" va "Orzu" jamoasi, "O‘zelektroapparat" AJning "Elektroapparat" "Uzavto-Inzi" QKning "O‘zinzi", Chilonzor 1-son kasb xunar maktabining "Bilimdon" hamda "O‘zmetkombinat" AJning "Metallurglar" jamoasi ishtirok etishdi. Mantiqiy va qiziqarli savollardan iborat bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinda jamoalar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi. O‘yin yakunida 20-savoldan to‘plangan eng yuqori ballar natijasiga ko‘ra "O‘zmetkombinat" AJning "Metallurglar" jamoasi Toshkent viloyati yoshlari o‘rtasida faxrli…

Continue ReadingTarmoq yosh ishchi-xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Alishev Sherqо‘zi Abdumannonovichning texnikafanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi tо‘g‘risida

  • Post category:E'lonlar

“Kо‘p bosqichli о‘zgaruvchan parametrli obyektlarni adaptiv boshqarish algoritmlari” mavzusida Dissertatsiya himoyasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil «16» mart soat 1400 dagi majlisida bо‘lib о‘tadi. Manzil: 100095, Toshkent shahri, Kichik xalqa yо‘li kо‘chasi, 17-uy, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bosh binosining 2-qavat, majlislar zalida. Tel.: (998)71 246-50-92; Faks: (998)71 246-60-92; e-mail: info@polito.uz

Continue ReadingAlishev Sherqо‘zi Abdumannonovichning texnikafanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi tо‘g‘risida
image_pdfimage_print