TTPU da radioefirga start berildi

  • Post category:Yangiliklar

2022 yil 21 oktabr kuni o‘zbek tili bayrami munosabati bilan, universitet talabalari tashabbusi bilan TTPUda “Nazm va navo” nomli radio efirinining birinchi soniga start berildi.Efir davomida o’zbek tilining tarixi, uning rivoji uchun hissa qo’shgan buyuk arboblarimiz Alisher Navoiyning „Muhokamat-ul-lug‘atayn“, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Fazliyning “Majmuatush shuaro” kabi asarlari, shuningdek zamonamiz o’zbek adabiyoti durdonalaridan na’munalar (she’r va g’azallar) talabalar va ustoz-murabbiylar tomonidan ifodali o’qib berildi.Shuningdek, musiqa to’garagi rahbari Mansur Saparbaev tomonidan o’zbek mumtoz kuy-qo’shiqlari va universitetga bag’ishlangan qo’shiqlar ijro etildi.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’zbek tili va umuman olganda til haqida qancha gapirsak ham oz. Haqiqatan,…

Continue ReadingTTPU da radioefirga start berildi

TTPU “InnoWeek.uz-2022” Innovatsion g’oyalar haftaligida ishtirok etmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Avval xabar berilganidek, 17-21-oktabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi bilan hamkorlikda yilning eng innovatsion tadbiridan biri bo'lgan "InnoWeek.uz-2022" Innovatsion g'oyalar haftaligini o'tkazmoqda. Ko'rgazmaning asosiy maqsadi- mahalliy va xorijiy vakillarning turli biznes yo'nalishlari uchun eng ilg'or innovatsion texnologiyalar, mahsulotlar, loyihalar, prototiplar va modellarni namoyish etish hamda ilgari surish uchun ishonchli platforma yaratish sanaladi. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti an’anaviy tarzda ushbu haftalikda faol ishtirok etib kelmoqda. Bu yilgi haftalikda ham universitet mashinanasozlik, axborot texnologiyalari, sog’liqni saqlash, mudofaa sohasiga oid 10 dan ortiq loyahalari bilan qatnashdi. Universitet talaba va muhandislari tomonidan yaratilgan ushbu ishlanmalar, ko’rgazma qatnashchilarida katta qiziqish uyg’otdi.…

Continue ReadingTTPU “InnoWeek.uz-2022” Innovatsion g’oyalar haftaligida ishtirok etmoqda

BITIRUVCHILAR FORUMI 2022

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 15-oktabrda TTPUda har yili o’tkaziladigan “Bitiruvchilar forumi” boʻlib oʻtdi. Forum Italiyaning Turin Politexnika Universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Italiyaning O‘zbekiston yoshlari uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Forumning asosiy maqsadi universitet talabalari, bitiruvchilari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ko‘prik (aloqa) o‘rnatishdan iborat. Forumda bitiruvchilarning erishgan yutuqlari, ular hayotida universitetning o‘rni, maqsadlariga erishish yo‘llari, Italiyadagi hayoti va o‘qishi hamda boshqa ko‘plab mavzular yuzasidan ochiq suhbat o‘tkazildi. TTPU rektori, texnika fanlari doktori J.Sh.Inoyatxo‘jaev tabrik so‘zi bilan tadbirni ochib berdi. Italiyalik professorlar: O’zbek taʼlim loyihasi bo’yicha menejer -Anita Tobacco, Xitoy va Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro aloqalar boʻyicha mas’ul - Mishel Bonino, bitiruvchi va…

Continue ReadingBITIRUVCHILAR FORUMI 2022

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Toshkent-barqaror shahar” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida “TASHKENT-SUSTAINABLE CITY” (TOSHKENT-BARQAROR SHAHAR”) mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi Seminarning maqsadi - kuchli urbanizatsiya jarayoniga qaramay, barqaror shahar qonuniyatlariga rioya qilgan holda rivojlanayotgan Toshkent shahriga mobillik dizayni va yechimlari bo‘yicha Italiya tajribasi bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek seminarda zamonaviy shahardagi transport va piyodalar logistikasi ham muhokama qilindi. Ma’ruzachilar o‘z bilimlar va tajribalari bilan bo‘lishib, murakkab muammolarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan arxitektura-muhandislik yechimlari, shahar logistikasi va innovatsion texnologiyalarga oid masalalarni muhokama qildilar. Mazkur tadbirni tabrik nutqi bilan Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi E.P. Agostina Pinna, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Toshkent-barqaror shahar” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Shahridagi Turin Politexnika Universiteti Quyidagi Ixtisoslik Boʻyicha 2023 Yil Uchun Tayanch Doktoranturaga Qabul Eʼlon Qiladi

  • Post category:E'lonlar

Shifr: 05.08.06 Ixtisoslik: “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish”, Kvota: 2 Shifr: 05.01.08 Ixtisoslik:  “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish” Kvota: 1 Shifr: 05.09.01 Ixtisoslik: “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” Kvota: 1 DOKTORANTURA Institut tayanch doktoranturasiga quyidagi talabgorlar qabul qilinadi: - magistr darajasiga, oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlganlar;- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop yetilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlganlar; Tayanch doktoranturada oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim…

Continue ReadingToshkent Shahridagi Turin Politexnika Universiteti Quyidagi Ixtisoslik Boʻyicha 2023 Yil Uchun Tayanch Doktoranturaga Qabul Eʼlon Qiladi

TTPUda Yaponiya kompaniyalarida ishlash imkonini beruvchi markaz ochiladi

  • Post category:Yangiliklar

2022 yilning 26 sentyabr kuni, janob Tetsuro Yamasaka boshchiligidagi Balcon Co Ltd (Yaponiya) delegatsiyasi, hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Kun tartibidagi asosiy masala, TTPU qoshida o‘quv markazni tashkil etish bo‘lib asosiy maqsadi universitet talabalariga yapon tili va madaniyati, hamda ishlab chiqarish ko‘nikmalarini o‘rgatish va kelgusida Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida malaka oshirish, hamda ish faoliyatlarini davom ettirishni ta’minlash sanaladi. Shu bilan birga, Xirosima universiteti, TTPU va Balcom Co Ltd kompaniyasi o‘rtasidagi uchtomonlama xamkorlik asosida TTPUning iqtidorli talabalarining Xirosima universitetining magistratura bosqichida taxsil olishlari uchun Balcom Co Ltd kompaniyasi grant dasturini joriy qiladi.

Continue ReadingTTPUda Yaponiya kompaniyalarida ishlash imkonini beruvchi markaz ochiladi

Jahon chempioni universitetda o’z o’qishini boshladi

  • Post category:Yangiliklar

     O‘zbekistonlik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster, tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida shaxmat bo‘yicha 44-Olimpiada g‘olibi, “O‘zbekiston iftixori” medali sohibi – Nodirbek Abdusattorov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Biznes boshqaruvi – Menejment” mutaxassisligi bo’yicha o‘qishini boshladi.      Chempion va uning otasi Fazliddin Ochilovni qutlar ekan, Turin politexnika universiteti rektori J.S. Inoyaxo‘jaev O‘zbekiston terma jamoasini 44-Jahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alabasi bilan yana bir bor tabriklab, bu g‘alabada Nodirbekning beqiyos hissasi borligini alohida ta’kidladi. Uchrashuvda Nodirbek shaxmat bo‘yicha hozirgi mashg‘ulotlari va kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi, so‘ng guruhdoshlari bilan yaqindan tanishdi. Nodirbek va uning otasi universitetda talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni…

Continue ReadingJahon chempioni universitetda o’z o’qishini boshladi

Tartib intizom- muvaffaqiyat garovidir

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 14 sentyabr kuni yotoqxonadagi talabalar bilan universitet mamuriyati o’rtasida yig’ilish o’tkazildi. Yig‘ilishda universitet rektori Inoyatxodjayev J., universitet birinchi prorektori Ashurov A., yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Allamova G., xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Nabixanova F., rector maslahatchisi Boymatov N., TTJ kommendanti - Nurahmedov К, profilaktika inspektori - mayor Yusupov O., akademik guruh tyutorlari va universitet yotoqxonasida yashovchi talabalar ishtirok etdi. Yig’ilishda talabalarga yotoqxona ichki tartib qoidalari to’liq tanishtirildi, hamda ularga qat’iy amal qilish belgilandi. Talaba yotoqxona binosi, mulki va jihozlarini asrab-avaylashi va boshqa umumiy foydalanish joylarini har doim toza va tartibli tutishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Talabalarning…

Continue ReadingTartib intizom- muvaffaqiyat garovidir

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalar yotoqxonasi ochildi

  • Post category:E'lonlar

Bugun Toshkent shaxridagi Turin politexnika universitetida 160 o‘ringa mo‘ljallangan, barcha qulayliklarga ega talabalar yotoqxonasi ochildi!Yotoqxonada oshxonalar (muzlatgich, mikroto‘lqinli pech, plita), ovqatlanish xonasi, yuvinish xonalari (kir yuvadigan mashina, qutitgich, dazmol taxtasi) mavjud. Talabalar bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazishlari uchun yotoqxonada kutubxona, hamda Wifi nuqtalari ham mavjud.Talabalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yotoqxona xavfsizlik tizimi bilan ham ta’minlangan.Yotoqxonaning universitet o‘quv binosi yonida joylashganligi esa, talabalar uchun yana bir qulaylik yaratmoqda.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalar yotoqxonasi ochildi

TTPU xodimlari “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya sovrindorlari bo’ldi.

  • Post category:Yangiliklar

TTPUning “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasi xodimlari Abdurakhim Nabijonov va Mukhammad-Bobur Zokhidovlar “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya tanlovida MAGISTRATURA ta’lim dasturi bo‘yicha g‘olib deb topildi. “Men o'qituvchilar oilasida tug'ilganman. Ilm-fan va texnika sohasidagi birinchi ustozim bo‘lgan otamdan juda minnatdorman. Yoshligimdan ilmiy mavzularni muhokama qilishga odatlanganmiz va ilmiy terminologiyani tushunish qiyin bo’lsada, otam doimo yordam berar edi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tamomlab, aniq fanlar bo’yicha dars berishni boshladim. O‘sha davrda mamlakatning porloq kelajagini barpo etishga o‘z hissamni qo‘shishim mumkinligini angladim va yuqori malakali o‘qituvchi bo‘lishni maqsad qildim. Hozirda, TTPUda o‘qishim davomida yuqori malakali xorijiy professor-o‘qituvchilardan olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, muhim tajribalarni…

Continue ReadingTTPU xodimlari “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya sovrindorlari bo’ldi.

Kirish imtihonlari (3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, 2022-2023 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! Boʻlib oʻtgan kirish imtihoni (7-sentabr) natijalariga koʻra, abituriyentlar beshta toifaga boʻlingan: BIRINCHI TOIFA: 60,00 va undan yuqori ball toʻplaganlar ITALIYA YOʻNALISHLARI UCHUN TOʻLIQ GRANT olishadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) oʻquv yili soʻngiga qadar topshirishlari kerak. Ushbu toifada oʻqish toʻlovi mavjud emas. IKKINCHI TOIFA: 50.00 va undan yuqori, ammo 60.00 dan past ball toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kurs (First Level)ga qabul qilinadi va.UzAvto hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi grantlari…

Continue ReadingKirish imtihonlari (3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

“Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari (3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, 2022-2023 oʻquv yili uchun “MANAGEMENT” YOʻNALISHI KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2022-yil 8-sentabr kuni boʻlib oʻtgan “Management” yoʻnalishi kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar ikkita toifaga boʻlingan: BIRINCHI TOIFA: 10 va undan yuqori ball toʻplaganlar birinchi kurs (Preparatory Year)ga qabul qilinadi. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar. IKKINCHI TOIFA: 10 balldan kam ball toʻplaganlar belgilangan qabul chegarasidan oʻta olmaganlari sabab kutish roʻyxatida turibdilar va qabul…

Continue Reading“Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari (3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Biznes boshqaruv – menejment yoʻnalishi boʻyicha abiturientlar ro’yxati

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, “Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 8-SENTABR kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to'lovi kvitansiyasini olib keling.

Continue ReadingBiznes boshqaruv – menejment yoʻnalishi boʻyicha abiturientlar ro’yxati

Abiturientlar ro’yxati (3-bosqich)

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, 7- sentyabr kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to'lovi kvitansiyasini olib keling. Eslatib o‘tamiz, “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha qabul imtihoni 8 - sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Continue ReadingAbiturientlar ro’yxati (3-bosqich)

Yangi ta’lim yo’nalishlari uchun litzenziya olindi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti 2022-2023 o’quv yilidan quyidagi yangi yo’nalishlar bo’yicha ta’lim berish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziya oldi:Bakalavr yo’nalishi bo’yicha: Biznes boshqaruvi bakalavri – Menejment;Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari Magistratura mutahassisligi: Madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish;Axborot va aloqa muhandisligi

Continue ReadingYangi ta’lim yo’nalishlari uchun litzenziya olindi

TTPU huzuridagi Ilmiy kengashda PhD ilmiy darajasini olish uchun birinchi dissertatsiya ishi himoyasi boʼlib oʼtdi

  • Post category:Yangiliklar

Bugun 2022 yilning 19 avgust kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022 T.144.01 raqamli Ilmiy kengashda 05.08.06 - “Gʼildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʼyicha texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun birinchi dissertatsiya ishi himoyasi boʼlib oʼtdi. Tadqiqotchi Yusupov Sarvarbek Sodiqovichning “Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash” mavzusidagi himoyasi yuzasidan taqdimot maʼruzasi tinglandi. Yigʼilish anʼanaviy va onlayn shaklda uygʼunlashgan holda oʼtkazildi. Maʼruzadan soʼng, ilmiy ish boʼyicha muhokama boʼlib, unda tadqiqotchi yigʼilish aʼzolari savollariga javob berdi. Shundan soʼng, tadqiqotchining rasmiy opponentlari soʼzga chiqib, dissertatsiya boʼyicha oʼz xulosalarini berib, mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangiligiga…

Continue ReadingTTPU huzuridagi Ilmiy kengashda PhD ilmiy darajasini olish uchun birinchi dissertatsiya ishi himoyasi boʼlib oʼtdi

Roʻzimov Sanjarbek Komilovichning texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi toʻgʻrisida

Roʻzimov Sanjarbek Komilovichning 05.08.06 – gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish ixtisosligi boʻyicha texnika doktori (DSc) ilmiy darajasining olish uchun tayyorlagan “Avtomobil gibrid yuritmasi parametrlari va boshqaruv rejimlarini tanlashning ilmiy asoslari” (“Научные основы выбора параметров и режимов управления гибридного привода автомобиля”) mavzusidagi himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.18/30.12.2019.T.09.01 raqamli Ilmiy kengashining 2022-yil 10-sentyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida boʻlib oʻtadi. Manzil: 100060, Toshkent, Odilxoʻjayev koʻchasi 1-uy. Tel./faks: (99871) 299-00-01 Tyel/faks: (+99871) 246-54-17, faks: (+99871) 246-02-24. e-mail: tstu.@tstu.uz

Continue ReadingRoʻzimov Sanjarbek Komilovichning texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi toʻgʻrisida

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “International Conference on Electrical Facilities and information technologies 2022” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi   Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yil dekabrь oyida Koreya Respublikasiga tashrifi chogʼida, universitetlar oʼrtasidagi innovatsion hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanini taʼkidlab, ularning muntazam muloqoti uchun doimiy maydon yaratish zarurligi taʼkidlangan edi. Bu borada, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Koreya Milliy Transport universiteti, hamda Koreya elektr muhandislari instituti bilan hamkorlikda ikki davlat oʼrtasida energetika va АKT sohasida ilgʼor xalqaro tajribalar asosida yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish, hamda oliy taʼlim sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish boʼyicha kelishuvga erishdi.…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi
image_pdfimage_print