PhD dissertatsiya himoyasi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha Ilmiy Kengashida dissertatsiya himoyasi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha tuzilgan Ilmiy Kengashda texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Yusupov Sarvarbek Sodiqovichning dissertatsiya ishi himoyasi. Mavzu: “Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash”. Sana: 2022-yil 19-avgust kuni soat 10:00. Seminar shakli: offline/online (havola). Manzil: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bosh binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasi. Masofaviy ishtirok etish uchun…

Continue ReadingPhD dissertatsiya himoyasi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tender e’lon qiladi

  • Post category:Tender_uz

TASHKILOTLAR VA KORXONALAR DIQQATIGA! “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti” universitet xududia (Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik xalqa yoʻli, 17) kirish nazorat punkti binosi qurilishiga tender eʼlon qiladi (keyingi oʻrinlarda - Obyekt deb nomlanadi). Obyekt qurilishi uchun xarajatlarning maksimal boshlangʻich summasi: - 500 777 540 (besh yuz ming yetti yuz yetmish ming beoʻ yuz qirq ming) soʻmni tashkil yetadi. Moliyalashtirish manbai: Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining oʻz mablagʻlari. Qurilishi ishlari muddati: 45 kun. Buyurtmachi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Mijozning manzili: 100095, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa koʻchasi, 17 uy. Tel: +998 (71) 246-70-82 elektron pochta: info@new.polito.uz Buyurtmachi bilan shartnoma…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tender e’lon qiladi

“Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” yo’nalishi bo’yicha sinov imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 26-27 iyul kunlari, TTPUning yangi “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” yo’nalishi bo’yicha sinov (MOCK) imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon “UzautoMotors” AJ Asaka shahridagi zavodida onlayn shaklda, to’liq ingliz tilida o’tkazildi.

Continue Reading“Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” yo’nalishi bo’yicha sinov imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

2023-yilda aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkaziladi.

  • Post category:Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorganrlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-sonli qaroriga muvofiq, respublikamizda 2023-yilda aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkaziladi. Respublikamizda oxirgi marta aholini roʻyxatga olish ishlari amalga oshirilganligiga 30 yil boʻldi. Buning natijasida aholining haqiqiy hayot tarzini oʻrganish va ularga amaliy yordam koʻrsatishda qator qiyinchiliklar vujudga keldi. Aholini roʻyxatga olish jarayoni uch bosqichni qamrab oladi.  Birinchisi - tayyorgarlik bosqichi. Bu uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Bunda, aholini roʻyxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishi boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, logotip va shiorlar ishlab chiqish hamda aholini roʻyxatga olish bilan…

Continue Reading2023-yilda aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkaziladi.

QABUL – UCHINCHI BOSQICH

  • Post category:E'lonlar

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING (TTPU) 2022/2023 O‘QUV YILI BAKALAVRIAT BOSQICHIGA QABUL - UCHINCHI BOSQICH QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI QOIDALAR Imtihon sanasi Kirish imtihonining uchinchi bosqichi 7 SENTYABRDA mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boʻlib oʻtadi (roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati - 5 Sentyabr).MUHIM ESLATMA: Uchinchi bosqich kirish imtihonidan oʻtgan abituriyentlar Tayyorlov bosqichni oʻtkazib yubora olmaydilar. Kirish imtihonlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boʻlib oʻtadi. Manzil: Toshkent shahri, Kichik Xalka Yuli, 17, 100095, (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Asia.uz” supermarketi).   Onlayn roʻyxatdan oʻtish RO'YXATDAN O'TISH ONLAYN ARIZANI QANDAY TO‘LDIRISHNI BILISH UCHUN, ILTIMOS QUYIDAGI VIDEOLARNI KO‘RING. QANDAY RO‘YXATDAN O‘TISH…

Continue ReadingQABUL – UCHINCHI BOSQICH

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2022/2023 O‘QUV YILIDA BAKALAVRIAT BOSQICHI BIZNES BOSHQARUV – MENEJMENT YO‘NALISHIGA QABUL QILISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM

          Online ArizaSana·  25-Mart (Juma), 9:00 – 11-May (Chorshanba), 18:00 2022-yil (Birinchi qabul)·  16-May (Dushanba), 9:00 – 8-Iyul (Juma), 18:00 2022-yil (Ikkinchi qabul)·  25-Iyul (Dushanba), 9:00 – 5-Sentyabr (Dushanba), 18:00 2022-yil (Uchinchi qabul) Sizning arizangiz – Qabul komissiyasidan tasdiqlovchi elektron xat olganingizdan so‘ng “to‘liq” deb hisoblanadi. Arizangiz qabul qilingandan so‘ng, Siz – Qabul dasturini bekor qila olmaysiz yoki o‘zgartira olmaysiz.                Imtihon sanasi2022/2023 o‘quv yili uchun uchta qabul imtihoni o‘tkaziladi:Uchinchi bosqichi 8 sentyabrda mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boʻlib oʻtadi.Qabul kvotasi200Ta'lim tiliInglizO‘qish to‘lovi28 500 000 soums  DiplomO‘zbek va AQSH* Pitsburg davlat…

Continue ReadingTOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2022/2023 O‘QUV YILIDA BAKALAVRIAT BOSQICHI BIZNES BOSHQARUV – MENEJMENT YO‘NALISHIGA QABUL QILISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM

Erasmus+ CBHE MechaUz konsorsiumi yig’ilish va trening faoliyatini Viana-do-Kasteloda davom ettirmoqda

  • Post category:Yangiliklar

19-iyul kuni MechaUz loyihasi konsorsiumi ishlab chiqarish va ta’lim ob’ektlariga tashriflar bilan samarali vaqt o‘tkazdi. Tashrif CITIN – Industrial Technological Interface Center markazidan boshlandi, u yerda loyiha hamkorlari markazga ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish imkonini beruvchi texnologiya va metodologiyalar bilan tanishdilar. CITIN direktori Serxio Lopes markazda olib borilayotgan ishlar, xususan, sanoat 5.0 ga o‘tish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar haqida juda qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi. Serxio Lopes bu borada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. So‘z yosh va kichik kompaniyalarga o‘z biznes-rejalarini to‘liq ishlab chiqish, loyihalarini amalga oshirish uchun mablag‘ olishda yordam berish bilan shug‘ullanuvchi INCUBO…

Continue ReadingErasmus+ CBHE MechaUz konsorsiumi yig’ilish va trening faoliyatini Viana-do-Kasteloda davom ettirmoqda

Viana do Castelo Politexnika universitetida Loyiha hamkorlarining 4-chi uchrashuvi boshlandi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 18-iyuldan 23 iyulgacha, Portugaliyaning Viana-du-Kastelo politexnika institutida, Erasmus+ CBHE loyihasi doirasida “MechaUz – innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekistonda bakalavriatda mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish” 2-trening va loyiha-hamkorlarning 4-uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. 18 iyul kuni loyiha hamkorlari institutda loyiha faoliyati bilan bog'liq juda muhim masalalar va jihatlarni muhokama qilish uchun yig'ilish o'tkazdilar. Uchrashuv IPVC prezidenti Karlos Rodrigesning kirish nutqi bilan boshlandi. Uning taʼkidlashicha, Yevropa va Oʻzbekiston universitetlarining ushbu loyiha doirasidagi hamkorligi loyiha faoliyati yakunlangan davrda ham tarmoqni barqaror rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. IPVC vakillari loyiha bilan bog'liq asosiy masalalarni muhokama qilish, o'qituvchilar va muhandislar uchun treninglar, shuningdek,…

Continue ReadingViana do Castelo Politexnika universitetida Loyiha hamkorlarining 4-chi uchrashuvi boshlandi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) ishchi guruhining 2022-yil 25 iyun – 05 iyul kunlari Italiyaning Turin shahriga xizmat safari bo‘yicha HISOBOT

  • Post category:E'lonlar

2022 yil 25 iyun – 05 iyul kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev boshchilidagi delegatsiya Italiyaning Turin Politexnika Universietiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi: “Politecnico di Torino” universiteti (Italiya Respublikasi) bilan 2021/2022 o‘quv yili yakuni natijalari va kasb-hunar ta’limi bo‘yicha takliflar muhokama qilindi va maqqulandi;2022/23 o‘quv yiliga rejalar kelishildi va shartnoma imzolandi.“Juventus Academy Tashkent” akademiyasi “Juventus” S.p.A. bilan rasman 3 yillik shartnoma imzoladi va akademiyaning tarbiyalanuvchilari “Juventus” S.p.A.ning yozgi va qishki futbol lagerlariga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ldilar;Sanoat sohalarida mutaxassislarni tayyorlash uchun professional ta’lim tashkil etish;Akademik mobillik dasturi bo‘yicha grantlar soni oshirildi.Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) ishchi guruhining 2022-yil 25 iyun – 05 iyul kunlari Italiyaning Turin shahriga xizmat safari bo‘yicha HISOBOT

TTPU da O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyaviy  qonun loyihasining muhokamasi  bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

2022 yilning 14 iyul kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti xodim, professor  o‘qituvchi va talabalari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun  loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda, Olmazor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Shamsiddin Amonov ishtirok etib, Konstitutsiyaga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ahamiyati, dolzarbligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Konstitutsiyaning 60 dan ortiq moddalariga tuzatishlar, shuningdek 6 ta yangi moddalarning kiritilishi nazarda tutmoqda.Tadbir davomida ishtirokchilar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Continue ReadingTTPU da O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyaviy  qonun loyihasining muhokamasi  bo‘lib o‘tdi.

“Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari (1-bosqich va 2-bosqich) natijalari e’lon qilindi.

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, 2022-2023 oʻquv yili uchun “MANAGEMENT” YOʻNALISHI KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2022-yil 14-may va 13-iyulda boʻlib oʻtgan “Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari natijalariga koʻra, abituriyentlar uchta toifaga boʻlingan: BIRINCHI TOIFA: Mazkur toifaga kiruvchilar Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2022-yil 2-iyuldagi 1-son bayonining 7-ilovasiga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining TO‘LIQ GRANTIga ega bo‘ladilar (https://edu.uz/uz/news/view/4113) va tayyorlov yili (=Birinchi kurs)ga qabul qilinadi. IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar. Ushbu toifada oʻqish toʻlovi mavjud emas. IKKINCHI TOIFA: 10 va…

Continue Reading“Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari (1-bosqich va 2-bosqich) natijalari e’lon qilindi.

“Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 13-iyul kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, “Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 13-iyul kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to'lovi kvitansiyasini olib keling.

Continue Reading“Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 13-iyul kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati

Kirish imtihonlari (1-bosqich va 2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, 2022-2023 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! Boʻlib oʻtgan ikkita kirish imtihonlari (birinchi - 13 may, ikkinchi - 5,6 iyul) natijalariga koʻra, abituriyentlar beshta toifaga boʻlingan: BIRINCHI TOIFA: 60,00 va undan yuqori ball toʻplaganlar nafaqat ikkinchi kurs (First Level)ga oʻqishga kiradilar, balki ITALIYA YOʻNALISHLARI UCHUN TOʻLIQ GRANT ham olishadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2022-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak *. Ushbu toifada oʻqish toʻlovi mavjud emas. IKKINCHI TOIFA: 50.00 va undan yuqori, ammo 60.00 dan…

Continue ReadingKirish imtihonlari (1-bosqich va 2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

TTPU DA IKKINCHI KIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

  • Post category:Yangiliklar

5 va 6 iyul kunlari TTPUda ikkinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonini ochiq va shaffof o‘tkazish va nazorat qilish maqsadida Italiyaning Turin politexnika universiteti professorlari imtihonda ishtirok etdilar. Eslatib oʻtamiz, “Menejment” yoʻnalishi boʻyicha qabul testi 13-iyul kuni boʻlib oʻtadi. Birinchi va ikkinchi imtihonlarga kela olmagan abituriyentlar sentyabrda boʻlib oʻtadigan 3-kirish imtihoniga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Continue ReadingTTPU DA IKKINCHI KIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

Abiturientlar ro’yxati – Ikkinchi bosqich

Hurmatli abituriyentlar, 5-iyul va 6-iyul kunlari boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to'lovi kvitansiyasini olib keling. Eslatib o‘tamiz, “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha qabul imtihoni 13-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Continue ReadingAbiturientlar ro’yxati – Ikkinchi bosqich

TTPU DA TALABALAR ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA

  • Post category:Yangiliklar

2022 yilning 24 iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida Italiyada o'qish uchun stipendiyalarni qo'lga kiritgan talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 40 ga yaqin TTPU talabalari Erasmus almashinuv dasturi doirasida 2022 yil kuzgi semestrini Politecnico di Torinoda (Italiya) o'qish imkonini qo'lga kiritdilar. Aksariyat talabalar semestr davomida oylik 850 evro miqdorida stipendiya oladi, shuningdek, ularning ikki tomonlama chiptalari qoplanadi. Interaktiv shaklda o'tkazilgan uchrashuvda, TTPU o'quv va ilmiy ishlar bo'yicha prorektori Fulvio Rinaudio talabalar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida talabalar Italiyada yashash va o'qish haqida  qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar. Ma'lumot uchun: Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Politecnico di bilan 2-va 3-kurs talabalari…

Continue ReadingTTPU DA TALABALAR ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA

TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev 2022 yil 25 iyun –05 iyul kunlari Italiyaning Turin Politexnika universiteti mas’ullari bilan 2021/2022 o‘quv yili natijalari va kelgusi rejalari; 2022 yil sentabr oyidan “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlik holati; Yuventus futbol Akademiyasi bilan navbatdagi kelishuvni imzolash va rejalarni muhokama qilish maqsadida Italiyaning Turin shahriga xizmat safarini amalga oshiradi.

Continue ReadingTTPU rektorining Italiyaga xizmat safari

Erasmus+ loyihasi a’zolarining “VILNYUS BALDAY”ga amaliy tashrifi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 1 iyun kuni “MechaUz – innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish” Erasmus+ loyihasi konsorsiumi a’zolari Vilnyus Balday mebel ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad universitetdagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish edi. Konsorsium aʼzolari xomashyo yetkazib berishdan tortib, yakuniy mahsulotni qadoqlashgacha boʻlgan toʻliq ishlab chiqarish tsikli bilan tanishtirildi. Zavod mehmonlari ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning yuqori darajasini qayd etdilar. Shuningdek, zavod Vilnyus Gediminas texnika universiteti bilan juda yaqin ilmiy va amaliy aloqalarga ega ekanligi aniqlandi. Uchrashuv so‘ngida mehmonlar oliy o‘quv yurtlarida mexatronika va robototexnika fanlarini o‘qitishning yangi texnologiyalarini joriy…

Continue ReadingErasmus+ loyihasi a’zolarining “VILNYUS BALDAY”ga amaliy tashrifi

MECHAUZ LOYIHASINING BIRINCHI TRENINGI VILNYUS GEDIMINAS TEXNIKA UNIVERSITETIDA O‘TKAZILMOQDA

  • Post category:Yangiliklar

2022-yil 30-may kuni Vilnyus Gediminas Texnika Universitetida (VILNIUS Tech) Yevropa Ittifoqining Erasmus + CBHE dasturining MechaUZ loyihasi bo‘yicha 3-yig‘ilishi boshlandi. Ushbu yig’ilish hamkorlarning o’zaro ushrashuvi va maxsus treningni bo’lib o’tdi. Yigʻilishning birinchi kunida loyihaning barcha hamkorlari: 6 ta Yevropa universiteti (Xalqaro yunon universiteti (Saloniki, Gretsiya) - Loyiha koordinatori, Janubi-Sharqiy Yevropa tadqiqot markazi (Saloniki, Gretsiya), Vilnyus Gediminas texnika universiteti (Vilnyus, Litva), Liepaja universiteti (Liepaja, Latviya), Vidzeme amaliy fanlar universiteti (Valmiera, Latviya), Viano do Castello politexnika instituti (Viano do Kastelo, Portugaliya) va O‘zbekistonning 6 ta universiteti: Andijon mashinasozlik instituti (Andijon)) – Toshkentdagi Turin politexnika universiteti (Toshkent), Farg‘ona politexnika instituti (Farg‘ona), Toshkent axborot texnologiyalari…

Continue ReadingMECHAUZ LOYIHASINING BIRINCHI TRENINGI VILNYUS GEDIMINAS TEXNIKA UNIVERSITETIDA O‘TKAZILMOQDA
image_pdfimage_print