TTPU da shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan shaxmat turniri o‘tkazildi. Turnirda universitet talabalari hamda Turin akademik litseyi o‘quvchilari faol qatnashdi. Qizg‘in davom etgan turnir yakuniga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi: - 1-o‘rinni Turin akademik litsey o‘quvchisi - Otabek Umarov; - 2-o‘rinni Turin akademik litsey o‘quvchisi – Fazliddinov Shoxjaxon - 3-o‘rinni universitetning 1-bosqich talabasi Turayev G‘olib hamda 4-bosqich talabasi Xabibullaev Umidjon. Turnir so‘ngida g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Continue ReadingTTPU da shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Buyuk shoirlarni xotirlab” nomli badiiy-adabiy kecha o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari - Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning 9-fevral sanasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligiga bag‘ishlangan badiiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.          Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, ushbu ulug‘ kunning egalari, buyuk mutafakkirlarning o‘zbek tili va adabiyatiga qo‘shgan ulkan xissasi to‘g‘risida so‘z yuritdi hamda tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.          Tadbirni olib borgan universitet 1-bosqich talabasi S.Yo‘ldosheva ilk so‘zlarini Alisher Navoiyning “Kelmadi” radifli g‘azali bilan boshladi. So‘ng, universitet 3-bosqich talaba yigit-qizlari Alisher…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Buyuk shoirlarni xotirlab” nomli badiiy-adabiy kecha o‘tkazildi

Universitetning kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 25 yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning klub a’zolari tomonidan mutolaa qilingan “Alvido...bolalik” qissasi muhokama qilindi. Tadbir boshida ishtirokchilarda adib to‘g‘risida atroflicha ma’lumot xosil bo‘lishi uchun uning hayoti va ijodi haqidagi videorolik namoyish etildi. Klub uchrashuvining moderatori akademik guruhlar tyutori Faxriddin Sattiyev asar muhokamasini boshlab berish uchun so‘zni TTPU yoshlar bilan ishlash bo‘yicha 1-prorektori Alisher Ashurovga berdi. U “Alvido...bolalik” qissasida har doim muhim hisoblangan “tarbiya” masalasiga e’tibor qaratilganligi, asar qahramonlari ayni psixologik o‘tish davrida bo‘lgan o‘smirlar ekanligi va mana shu muhim paytda ularning tarbiyasiga…

Continue ReadingUniversitetning kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.

“Kitobxon yoshlar” onlayn Respublika tanlovi

  • Post category:Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar oyi davomida "Kitobxon yoshlar" onlayn Respublika tanlovi o'tkazilmoqda. Mazkur tanlovda ishtirokchilar telegramdagi maxsus @kitobtanlovbot orqali belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tib, tanlov ishtirokchisiga aylaning! Tanlov nizomi

Continue Reading“Kitobxon yoshlar” onlayn Respublika tanlovi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikatni qoʻlga kiritdi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim sifatini nazorati qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ilk bor attestatsiyadan oʻtdi va davlat akkreditatsiyasi haqida sertifikatni qoʻlga kiritdi.Bu universitetdagi taʼlim xalqaro standartlarga mos kelishi barobarida Oʻzbekistondagi oliy taʼlim standartlariga muvofiq ekanini tasdiqlaydi.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Vatanni asrash, har bir insonning burchi

  • Post category:Yangiliklar

        Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, aholida milliy armiyadan faxrlanish va unga boʻlgan ishonch hissini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida universitetda qishki ta’til davri bo’lishiga qaramay, joriy yilning 12-yanvar kuni onlayn tarzda “Vatanni asrash, har bir insonning burchi” mavzusida tadbir oʻtkazildi.   Tadbirda mehmon sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hodimi, ijtimoiy-gumanitar kafedrasi dotsenti, polkovnik Hotamov Shuhrat Nasirovich –tashrif buyurdi. Shuningdek, universitet birinchi prorektori A.Ashurov, Yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i G.Allamova, Universitetga biriktirilgan Olmazor tumani Ichki ishlar bo’limi, profilaktika katta inspektori  podpolkovnik…

Continue ReadingVatanni asrash, har bir insonning burchi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 30 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.

  • Post category:Yangiliklar

2022-yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida quvvati 30 kVt bo‘lgan universitet kampusidagi sport majmuasini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. 2022-yil 20-dekabrda O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida mamlakatimizda energiya resurslaridan samarali foydalanish muhimligini taʼkidlab, davlat tashkilotlari, yirik sanoat obʼyektlari, aholi xonadonlari faoliyatini taʼminlash uchun qayta tiklanadigan energiya manbalarini tezkorlik bilan joriy etilishga chaqirildi. Ta’lim muassasalarining “yashil energiya”ga o‘tishini qo‘llab-quvvatlash, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasini rivojlantirish va mamlakatimizning uglerod neytralligiga erishishga hissa qo‘shish maqsadida, universitet hududida 2011 yildan ishga tushitilgan sport majmuasiga elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quyosh fotoelektr…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 30 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Hammaga Salom!👋

  • Post category:E'lonlar

Qishki dam olish kunlarini mazmunli o'tkazishni xohlaysizmi? Unda biz sizni Onlayn shaxmat klubiga qo'shilishga taklif etamiz!♟🤩 Biz bilan o'z mahoratingizni oshiring va onlayn turnirda ishtirok eting! 📱 Klubga qo'shilish uchun hoziroq quyidagi havola orqali ro'yhatdan o'ting⬇️ https://www.chess.com/club/ttpu-chess-club/join 15 yanvar kuni soat 10:00 klubning ilk turniri o'tkazilib, unda faqat klub a'zolari qatnashishi mumkin. ❗️Muhim: Turnir boshlanishidan 1 soat oldin Join tugmasini bosib oʻyinga qoʻshilishingiz zarur! Shaxmat klubi bilan miyangizni mashq qildiring!🧠

Continue ReadingHammaga Salom!👋

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida qo’shimcha IT binosini qurish uchun loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash tenderini e’lon qiladi  

Texnik qismning miqdoriy koʻrsatkichi:         90 ball Narx usulining miqdoriy koʻrsatkichi:             10 ball Minimal oʻtish ball – 70 ball Tender muddati: 20.01.2023. Soat: 12:00 gacha 1.  Obyektni oʻrganganligi va ishlarni oʻz vaqtida topshirish toʻgʻrisida kafolat xati (obyekt mavjud xolati va bajarilishi lozim boʻlgan ishga loyiha taklifidan fotosuratlar ilova qilinsin) - 20 2. Tanlov ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha kafolat xatining mavjudligi- 5 3. Tashkilotda faoliyat yurituvchi xodimlar soni 10 va undan yuqoriligi (F.I.Sh., lavozimi hamda ish tajribasi (yil) haqida toʻliq maʼlumot, QR kodi bilan. - 10 4.  Loyiha ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan asbob-anjomlar va kompyuter texnikalari mavjudligi (tasdiqlovchi…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida qo’shimcha IT binosini qurish uchun loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash tenderini e’lon qiladi  

Hurmatli barcha bosqich va barcha yo`nalish talabalari, diqqat, yuqorida 2022-2023 o`quv yili uchun shartnoma to`lovini to`lamagan talabalar ro`yxati keltirilgan.

  • Post category:E'lonlar

Muhim eslatma: Siz 2023 yil 7 yanvargacha shartnoma tolov miqdorining kamida 50 foizini to'lashingiz kerak. Agar siz ushbu muddatni o'tkazib yuborsangiz (hatto bir kunga), siz faqatgina 2023-2024 o'quv yilida oqishni qayta tiklash imkoniyati bilan talabalik safidan chetlashtirilasiz. Agar siz ushbu tolovni 2023 yil 7 yanvargacha to'lasangiz, tolov cheki nusxasini dekanatga olib kelishingiz kerak bo`ladi. Agar siz allaqachon to'lagan bo'lsangiz, iltimos, ushbu xabarga e'tibor bermang.

Continue ReadingHurmatli barcha bosqich va barcha yo`nalish talabalari, diqqat, yuqorida 2022-2023 o`quv yili uchun shartnoma to`lovini to`lamagan talabalar ro`yxati keltirilgan.

Erasmus+ dasturi asosida Oliy taʼlim muassasalarining salohiyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli kompetensiyalarini rivojlantirish” loyihasi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy tasviriy sanʼat va dizayn instituti hamkorlikda Erasmus+ dasturi asosida Oliy taʼlim muassasalarining salohiyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli kompetensiyalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida “San’at, musiqa va ijodkorlik sohasida tadbirkorlik ko‘nikmalari” nomli o‘quv kursini tashkil qildi. Ushbu dastur doirasida har bir universitet va institutdan jami 18 nafar talabadan iborat to‘rt xil jamoa tuzildi. O‘quv kursi davomida har bir jamoa san’at, musiqa va ijodga yo‘naltirilgan jamoaviy ish ustida ishlab, yakuniy loyiha ishi sifatida o‘z biznes modelini ishlab chiqadi. Kursni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, talabalar Belgiyada ikki…

Continue ReadingErasmus+ dasturi asosida Oliy taʼlim muassasalarining salohiyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli kompetensiyalarini rivojlantirish” loyihasi

“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti 1- bosqich akademik guruh tyutori Eshonkulov Mirshod boshchiligida, talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, ”Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar Vatanimiz mustaqillikka erishishi, millatimiz g‘ururi, uning qadriyatlarini, boy ma’naviyatini asrab qolish yo‘lida jonini qurbon qilgan millat fidoyilari Abdulla Qodiriy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon kabi ulug‘ ma’rifatparvar ajdodlarimizning hayoti, ijodi, ilmiy faoliyati bilan tanishdi. Muzeyining har bir bo‘limi xalq orasidan, qatag‘on qurbonlari oilasi, avlodlari tomonidan taqdim etilgan va muzeyda arxiv hujjatlaridan olingan tarixiy manbalar bilan boyitilgan. Muzey ilmiy xodimlari tomonidan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi”…

Continue Reading“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif

Talaba-yoshlarining cholg‘u musiqa ijrochiligini rivojlantirish maqsadida universitetda musiqa to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda
 

  • Post category:Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning Birinchi tashabbusi bo’lgan yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste'dodini yuzaga chiqarish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida "Estrada hamda milliy cholg‘u asboblari" bo‘yicha to‘garak tashkil etildi. Universitetda talaba-yoshlarning qobiliyati rivojlantirish, bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllanishi, ularni hayotga har tomonlama tayyorlash, mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin egallay oladigan yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashda ushbu to‘garakning o‘rni beqiyos! O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi bitiruvchisi, O’zbekiston Davlat Filarmoniyasida ko’p yillar faoliyat yuritgan,…

Continue ReadingTalaba-yoshlarining cholg‘u musiqa ijrochiligini rivojlantirish maqsadida universitetda musiqa to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda
 

Khaitov Narzullobek Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-sonli, 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-sonli farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 6 dekabrdagi 396-son buyrug‘iga muvofiq “2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 413-sonli buyrug‘i asosida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi. Jumladan, Khaitov Narzullobek Fayzullo o'g'li, “Mashinasozlik texnologiyasi” yo’nalishi bo'yicha 3-bosqich talabasi, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi.

Continue ReadingKhaitov Narzullobek Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi

Tursunov Diyorbek Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldi

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-sonli, 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-sonli farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 6 dekabrdagi 396-son buyrug‘iga muvofiq “2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 413-sonli buyrug‘i asosida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi. Jumladan, Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Tursunov Diyorbek Azamiddin og'li, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi.

Continue ReadingTursunov Diyorbek Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldi

TTPUda Kitobsevarlar klubi o‘z faoliyatini boshladi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining kutubxonasida kitobsevarlar klubining ramziy ochilishiga bagʼishlangan madaniy-maʼrifiy kecha oʼtkazildi. Kechada kitobsevar talabalar, ustozlar va tashrif buyurgan mehmon – “Shuhrat” medali sohibasi, adabiy targʼibot va tadbirlarni uyushtirish boʼlimi boshligʼi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Farogʼat Musurmonovna Xudoyqulova qatnashishdi. Madaniy-maʼrifiy kechani TTPU yoshlar bilan ishlash boʼyicha birinchi prorektori Аshurov Аlisher Mavlonovich ochib berib, klub aʼzolarini ushbu muhim sana bilan tabrikladi va oʼz nutqida kitobsevarlar klubini tashkillashtirilishi universitetimiz talabalari uchun nechogʼlik ahamiyatli ekanligini taʼkidlab oʼtdilar. Klub tashkilotchisi va kecha moderatori akademik guruhlar tyutori Faxriddin Oʼrolovich Sattiev tadbir ishtirokchilariga kitobsevarlar klublarining shakllanish tarixi, afzalliklari va…

Continue ReadingTTPUda Kitobsevarlar klubi o‘z faoliyatini boshladi

Himoyaga tavsiya

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli ilmiy kengashda 2022 yil 20 dekabr kuni, 05.01.08 "Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish" ixtisosligi bo‘yicha talabgor Alishev Sherqo‘zi Abdumannonovichning “Ko‘p bosqichli o‘zgaruvchan parametrli ob'ektlarni adaptiv boshqarish algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga dissertatsiya ishining taqdimoti muvaffaqiyatli o'tkazildi va himoyaga tavsiya etildi.

Continue ReadingHimoyaga tavsiya

Kiberjinoyatchilik va tavakkalchilikka asoslangan virtual o’yinlarning salbiy oqibatlari

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 20-dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Kiberjinoyatchilik va tavakkalchilikka asoslangan virtual o‘yinlarning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unga Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, Axborort texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarma kiberhavfsizlik bo‘limi tezkor xodimi, kapitan Sh.E.Mamatqulov hamda ushbu bo‘lim xodimlari B.M.Atakulov va Sh.B.Xudoyberdiyevlar tashrif buyurib, “Ijtimoiy tarmoqlarda hamda internet tarmog‘i orqali 1xBet, MostBet va boshqa bukmekerlik onlayn shaklidagi kazinolarida tavakkalchilikka asoslangan virtual o‘yinlarning salbiy oqibatlari” mavzusida so‘z yuritdilar. Dastavval, tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, axborot kommunikatsion texnologiyalari rivoj topgan sari, uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, axborot xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalaga aylanib…

Continue ReadingKiberjinoyatchilik va tavakkalchilikka asoslangan virtual o’yinlarning salbiy oqibatlari

TTPUda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Ma’lumki, bugungi kunga kelib mamalakatimizda, xotin-qizlar huquqlari himoyasining qonunchilik bazasini mustahkamlash bo‘yicha mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarning qabul qilingani xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlab, ularning jamiyatdagi o‘rinini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joriy yilning 15 dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tadbirlari doirasida "Biz zo‘rovonlikka qarshimiz!" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.             Tadbirda Olmazor tumani Ichki ishlar bo’limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi katta inspektorlari – podpolkovniklar S.Sh. Melieva, M.U.Anarbaeva, Y.X.Jo’raeva, mayor S.E.Mavlyanova, kapitan X.N.Berdikulova…

Continue ReadingTTPUda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Koreyalik mutaxassislar bilan muhokamalar oʼtkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 12 dekabr kuni, Janubiy Koreyaning Koreya sanoat texnologiya instituti (KITECH) professorlari prof. Dr. Bum Sung Kim, Dr. Boksang Lee TTPUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti direktori prof. Parpiev O.R. boshchiligidagi ilmiy jamoa, “Аlyans Kapital” Investitsion kompaniyasi vakillari hamda TTPU professor oʼqituvchilari va jamoasi qatnashdi. Tashrif doirasida mehmonlarni universitet birinchi prorektori А.Аshurov kutib olib, universitetning axborot resur markazi, texnopark, mexatronika markazlar bilan tanishtirdi. Uchrashuv doirasida ekspertlar tomonidan metallar va materiallar kimyosi va texnologiyasi, vodorod energetikasi istiqbollari, ekoinjineriya sohasi hamda ilmiy kadrlar almashinuv dasturlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.

Continue ReadingKoreyalik mutaxassislar bilan muhokamalar oʼtkazildi.
image_pdfimage_print