Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida Caterpillar o‘quv markazining ochilishi

  • Post category:Yangiliklar

2022-yil 12-dekabr kuni CAT@ maxsus texnikaning O‘zbekistondagi rasmiy dileri “Zeppelin Central Asia Machinery” MChJ va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Ushbu memorandum tomonlarning ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorligini mustahkamlash, shuningdek, universitet qoshida Caterpillar o‘quv markazini ochishga qaratilgan. Mazkur o‘quv markazda talaba va korxona xodimlari jahonning eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan birining greyder simulyatorida yo‘l qurilish texnikasini ekspluatatsiya qilishni o‘rganadilar. O‘quv markazi negizida Caterpillar va Zeppelin kompaniyalari vakillari ishtirokida ilmiy-metodik seminarlar, mehmon ma’ruzalari va boshqa tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ochilishda “Zeppelin Central Asia Machinery” XK hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida Caterpillar o‘quv markazining ochilishi

Ijarada yashaydigan talabalar holidan xabar olinmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti akademik guruhlar tyutorlari ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoiti hamda qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish maqsadida ular yashab turgan xonadonlarga tashrif buyurishmoqda. Tashrif chog‘ida talabalar yashayotgan xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazilmoqda, shuningdek, is gazidan zaharlanishni oldini olish va texnika xavfsizligi borasida kerakli tavsiyalar berilmoqda.

Continue ReadingIjarada yashaydigan talabalar holidan xabar olinmoqda

Konstitutsiyaga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Konstitutsiya - nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini belgilab beruvchi hujjat, farzandlarimiz yo‘lini yorituvchi chiroqdir. Shunday ekan, jamiyatimiz hayotining mezoni bo‘lgan Konstitutsiyani chuqur va har tomonlama o‘rganishimiz, uning ma’nosiga yetib borib, amaliy hayotimizning doimiy qo‘llanmasiga aylantirishimiz darkor. Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Yoshlar – Qomusimiz istiqboli xazinasi” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda universitet birinchi prorektori Alisher Ashurov so‘zga chiqib, “8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” bayram tadbirini ochiq deb e’lon qildi va Bosh Qomusimiz tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hujjat deb…

Continue ReadingKonstitutsiyaga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

“Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” munosabati bilan seminar o‘tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari uchun “1-dekabr OITSga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlab “Zararli illatlarsiz sog‘lom avlod” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Toshkent shahar tashkiloti FV bo‘lim boshlig‘i D.Narimonova, Olmazor tuman tashkilotchi ijrochi direktori X.Axmedova, tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanseri shifokori V.Abdullayeva, tuman Sanitar epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari A.Tadjiddinova va F.Jabborova ishtirok etdi. Yig‘ilishni universitetning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Allamova G.A. ochib berib, bu kabi tadbirlarni o‘tkazilishidan maqsad hamda ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib, talabalarni kelgan mehmonlar bilan tanishtirdi.Yig‘ilishda so‘zga chiqqan X.Axmedova talabalarga Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy harakati,…

Continue Reading“Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” munosabati bilan seminar o‘tkazildi.

PhD dissertatsiya himoyasi

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha Ilmiy Kengashida dissertatsiya himoyasi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha tuzilgan Ilmiy Kengashda texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Muxitdinov Otabek Odil o‘g‘lining dissertatsiya ishi himoyasi. Mavzu: “Improving the reliability of internal combustion engines of passenger cars by improving the properties of motor oils with antimicrobial additives”. Sana: 2022-yil 12-dekabr kuni soat 14:00.  Seminar shakli: offline/online (havola). Manzil: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bosh binosining…

Continue ReadingPhD dissertatsiya himoyasi

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Kuni kecha Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti birinchi prorektori Alisher Ashurov rahbarligida universitet xodimlari, o‘qituvchi-professorlari hamda talabalari ishtirokida talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, xuquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatni barvaqt oldini olish mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi. Yoshlar bilan o‘tkazilgan tadbirda universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Allamova G.A., profilaktika katta inspektori, podpolkovnigi Yusupov Sh. va akademik guruhlar tyutori Sattiyev F.O‘. ishtirok etdi. Suhbat davomida talabalarga - har qanday huquqbuzarliklar va jinoiy hatti-harakatlar sodir etganlik uchun yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning tegishli moddalari bilan qonuniy javobgarlikka tortilishi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir yakunida talabalar…

Continue ReadingJinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi

Toshkentda Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future 2022” taʼlim loyihasining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi

  • Post category:Yangiliklar

23-noyabr kuni O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalarini IT sohasida bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida sakkizinchi marotaba birlashtirgan "Seeds for the future" tanlovining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 14-21 noyabr kunlari O‘zbekistonning yettita oliy o‘quv yurti talabalari ilg‘or texnologiyalar va raqamli yechimlarning dunyo barqaror rivojlanishiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan har yili o‘tkaziladigan “Huawei Seeds for the Future 2022” o‘quv dasturida ishtirok etdi. Sakkiz kun davomida Huawei kompaniyasining xalqaro ekspertlari, shuningdek, hamkor tashkilotlar ekspertlari bilan ma’ruzalar, mahorat darslari, ochiq muhokamalar tashkil etildi. Loyiha gibrid formatda Huawei kompaniyasining Toshkentdagi ofisida shtab-kvartiradan jonli efir va texnologik ko‘rgazma zallariga virtual sayohatlar, shuningdek, yetakchilikni rivojlantirish, startaplarni ishga tushirish…

Continue ReadingToshkentda Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future 2022” taʼlim loyihasining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi

Italiyaga tashrif doirasida qator kelishuvlarga erishildi

  • Post category:Yangiliklar

Xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi Turin Politexnika  universiteti rektori J.Sh. Inoyatxodjaev O’zbekiston delegatsiyasi tarkibida, avtomobilsozlik va boshqa sanoat sohalarida rivojlangan mamlakatlarda tatbiq qilingan eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tatbiq etish borasida keng qamrovli hamkorlik aloqalarinin o‘rnatish va kelishuvlarga erishish maqsadida hozirda Italiyada xizmat safarida. Xususan, kuni kecha Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” dual taʼlim yoʼnalishida “Sanoat 4.0” raqamli texnologiyalar, ilgʼor avtomatlashtirish, “Tejamkor ishlab chiqarish” boʼyicha texnik koʼnikmalarga ega boʼlgan kadrlarni 3 yillik oʼquv reja asosida tayyorlash boʼyicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, 2023-2024 oʼquv yilidan Toshkent shahridagi Turin…

Continue ReadingItaliyaga tashrif doirasida qator kelishuvlarga erishildi

TTPU da Google developers talabalar klubi ochildi

  • Post category:Yangiliklar

Google developers talabalar klubi dasturlash sohasida tajriba almashish, nafaqat nazariy, balki amaliy bilimlarni rivojlantirishga yordam beruvchi klublardan biri bo‘lib, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida ham o‘z faoliyatini boshladi. Unda dasturchi sifatida o'sishga qiziqqan barcha talabalar qatnashishi mumkin. Klubning asosiy maqsadi talabalar texnologiya va startap g'oyalarini o‘zaro almashish, Google texnologiyalaridan foydalangan holda mahalliy hamda global muammolarga yechim topishlarida ko'maklashishdan iborat. Tadbirda GDG tashkilotchisi, lideri va android dasturchisi Azamat Majidov, Nuruddin Iminohunov va yurtimizdagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari GDSC liderlari so'zga chiqib, sohaga oid mavzularda talabalar bilan qiziqarli suhbat o'tkazib, fikr almashdilar.

Continue ReadingTTPU da Google developers talabalar klubi ochildi

Talabalar turar joyida navbatdagi uchrashuv

  • Post category:Yangiliklar

 Kuni kecha TTPU yotoqxonasidagi talabalar bilan universitet mamuriyati o’rtasida uchrashuv o’tkazilib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, yongʻin va texnika xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash kabi masalalarda muloqot olib borildi. Uchrashuvda talabalarga yong'in xavfsizligi qoidalari, yong'inni oldini olishga doir o'tkazilayotgan tadbirlarning maqsad va vazifalari haqida tushuntishlar berilib, yong'inning paydo bo'lish sabablari, favqulodda vaziyatlarda qay holatda harakatlanish, o't o'chirish uskunalaridan to'g'ri foydalanish, yong'in sodir bo'lganda dastlab e'tibor qaratish zarur holatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Continue ReadingTalabalar turar joyida navbatdagi uchrashuv

Italiya universitetlari bilan hamkorlikda Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi modernizatsiya qilinadi

  • Post category:Yangiliklar

Shu kunlarda Oʼzbekiston Respublikasida Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan “Oliy taʼlim muassasalarning moddiy texnika bazasini mustaxkamlash” loyihasi doirasida hamda Italiya Respublikasi Oliy oʼquv yurtlari bilan hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish maqsadida Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʼyicha oʼrinbosari R.Hakimov boshchiligidagi ishchi guruhi Italiyada xizmat safarini amalga oshirmoqda. Kuni kecha Rim shahrida Barqaror rivojlantirish uchun universitetlararo tadqiqot markazi (CIRPS) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida CIRPS bilan hamkorlikda “Tibbiy uskunalarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnoparki”ni tashkil etish va texnoparkni ilg‘or tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash masalasi muhokama qilinib, uch tomonlama shartnoma…

Continue ReadingItaliya universitetlari bilan hamkorlikda Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi modernizatsiya qilinadi

TTPU da bayram tadbiri o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Xalqaro talabalar kuni” hamda “18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.Tadbirni universitet birinchi prorektori Alisher Ashurov ochib berib, talabalarni ushbu bayramlar bilan qutladi, ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. So‘ng “Yil talabasi-2022” ko‘rik tanlovida faol ishtirok etgan talabalarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.Universitet “Musiqa to‘garagi” qatnashchisi Shohruh Hasanov va uning rahbari Mansur Saparbaev tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar bayram qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.Kuni kecha “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tgan sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.Bayramning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i…

Continue ReadingTTPU da bayram tadbiri o‘tkazildi

TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari.

  • Post category:Yangiliklar

Italiya Respublikasidagi oliy ta’lim, jumladan, doktorantura bosqichida sifatni ta’minlash tajribasini o‘rganish, ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida ilm-fan, ta’lim sohalarida keng qamrovli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kelishuvga erishish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida 2022 yilning 16 noyabr sanasidan 23 noyabr sanasiga qadar xizmat safari bilan Italiyaga jo‘nab ketadi.

Continue ReadingTTPU rektorining Italiyaga xizmat safari.

Oʻzbekistonda sakkizinchi bor Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” taʼlim loyihasiga start berildi

  • Post category:Yangiliklar

2022-yil 14-noyabr kuni Oʻzbekiston talabalari uchun Huawei kompaniyasining hisob boʻyicha sakkizinchi “Seeds for the Future”  taʼlim loyihasini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosim Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) Oʻzbekistondagi yettita oliy oʻquv yurti talabalari va rahbariyati vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi. “Seeds for the Future” dasturi butun dunyo boʻylab 137 ta mamlakat va mintaqadan 500 ta universitet talabalarini birlashtirgan yetakchi taʼlim loyihasi hisoblanadi. Shu kunga qadar dastur doirasida 12 000 nafar eng yaxshi talaba amaliyot oʻtadi, Huawei kompaniyasining Xitoydagi bosh qarorgohiga tashrif buyurgan ishtirokchilar hamda 2020 va 2021-yillar loyihalari onlayn ishtirokchilari ham shular jumlasidan. 2022-yil 14-noyabr kuni Oʻzbekistonda talabalarga AKT texnologiyalari…

Continue ReadingOʻzbekistonda sakkizinchi bor Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” taʼlim loyihasiga start berildi

“Yashil makon”: ko’chat ekish ishlari davom etmoqda…

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.Universitet jamoasi bahamjihat va ko‘tarinki kayfiyatda ishtirok etayotgan ushbu tadbir doirasida TTPU xududi bo‘ylab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Continue Reading“Yashil makon”: ko’chat ekish ishlari davom etmoqda…

Yashil makon: TTPUda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari boshlandi

  • Post category:Yangiliklar

Ayni kunlarda Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida "Yashil makon" umummilliy loyihasi izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida e’lon qilingan «Dolzarb 40 kunlik» tadbirda ko’chat ekish, yashil maydonlarni barpo qilish bo'yicha ishlar boshlab yuborildi. Jumladan kuni-kecha universitet hududiga 100 dan ortiq manzarali daraxt va buta ko‘chatlari o‘tkazildi.Ekilgan ushbu koʼchatlar endilikda mineral va organik oʼgʼitlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi. Dolzarb 40 kunlik» tadbir doirasida universitetda faoliyat yurituvchi har bir xodim obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga bahamjihat va ko'tarinki kayfiyatda yondoshmoqda.

Continue ReadingYashil makon: TTPUda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari boshlandi

Jaholatga qarshi ma’rifat

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 4 noyabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti “Conference Hall” zalida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori J.Sh.Inoyatxodjaev ochib berib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ta’lim va tarbiyaga to‘g‘ri yondashish zaruratini ta’kidlab, so‘zni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi vakili J.V.Meliqo‘ziyevga berdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan J.V.Meliqo‘ziyev tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, qolaversa, islom dinining insonparvarlik, tinchlik, bag‘rikenglik kabi oliyjanob ta’limotlari hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari kabi dolzarb mavzularda ma’ruza qildi. Shuningdek, bugungi…

Continue ReadingJaholatga qarshi ma’rifat

TTPUda «Yil talabasi» Respublika tanlovining universitet bosqichi bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 1-noyabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Yil talabasi-2022” Respublika tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi. Dastlab, universitet rektori J.Sh. Inoyatxodjayev oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy ravishda “Yil talabasi” Respublika tanlovini yuqori saviyada o’tkazilishi, ushbu tanlov maqsadi va ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritib , barcha ishtirokchilarga omad tiladi.    So‘ng esa, tanlovda ishtirok etayotgan universitet iqtidorli talabalari nominatsiyalar bo‘yicha qatnashib, o‘z ishlari, erishgan yutuqlari, g‘oyalari yuzasidan bir-biridan qiziq taqdimotlar qildilar. Hay'at a'zolari talabalarning taqdimotlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ular tomonidan qilingan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Hay'at a'zolari tomonidan ishtirokchilarning ishlari ko‘rib chiqilib“Yil talabasi” tanlovining Respublika bosqichida qatnashish…

Continue ReadingTTPUda «Yil talabasi» Respublika tanlovining universitet bosqichi bo’lib o’tdi

Toshkent shahridagi Juventus akademiyasi o’zining ilk qaldirg‘ochlarini turnirga jo‘natdi.

  • Post category:Yangiliklar

Turkiyaning Antaliya shahrida bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha "Antalya Friendship Cup" xalqaro turniriga start berildi.30 oktabrdan 4 noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan mazkur turnirda 20 ta davlatdan 30 dan ortiq jamoa ishtirok etishi kutilmoqda.Ilk bor Juventus futbol akademiyasining 12 yoshgacha bo‘lgan jamoasi ham ushbu turnirda qatnashish uchun Antaliya shahriga uchib ketdi.

Continue ReadingToshkent shahridagi Juventus akademiyasi o’zining ilk qaldirg‘ochlarini turnirga jo‘natdi.

“Talabalikka bag‘ishlov – 2022”

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 27-oktyabr sanasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetning 2022-2023 o‘quv yiliga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov” nomli va  “21-oktyabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi. Dastavval, ma’naviy-ma’rifiy tadbirni O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan ochib berildi. So‘ng, universitet rektori Inoyatxodjaev Jamshid Shuhratullayevich so‘zga chiqib, bu yilgi o‘quv yiliga qabul qilingan talaba-yoshlarga ko‘plab ezgu-tilaklar bildirib, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida universitet tomonidan kerakli sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi. Har yili o‘tkaziladigan an’anaviy tadbir davomida, talabalar o‘z qasamyodlarini qabul qilar ekan, butun faoliyatlarini ona diyorimiz va uning buyuk kelajagiga bahshida etishga, Vatan taraqqiyoti yo‘lida astoydil harakat…

Continue Reading“Talabalikka bag‘ishlov – 2022”
image_pdfimage_print