“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif
Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti 1- bosqich akademik guruh tyutori Eshonkulov Mirshod boshchiligida, talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, ”Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar Vatanimiz mustaqillikka erishishi, millatimiz g‘ururi, uning qadriyatlarini, boy ma’naviyatini asrab qolish yo‘lida jonini qurbon qilgan millat fidoyilari Abdulla Qodiriy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon kabi ulug‘ ma’rifatparvar ajdodlarimizning hayoti, ijodi, ilmiy faoliyati bilan tanishdi. Muzeyining har bir bo‘limi xalq orasidan, qatag‘on qurbonlari oilasi, avlodlari tomonidan taqdim etilgan va muzeyda arxiv hujjatlaridan olingan tarixiy manbalar bilan boyitilgan. Muzey ilmiy xodimlari tomonidan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi”…