Oʻzbekistonda sakkizinchi bor Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” taʼlim loyihasiga start berildi
2022-yil 14-noyabr kuni Oʻzbekiston talabalari uchun Huawei kompaniyasining hisob boʻyicha sakkizinchi “Seeds for the Future” taʼlim loyihasini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosim Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) Oʻzbekistondagi yettita oliy oʻquv yurti talabalari va rahbariyati vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi. “Seeds for the Future” dasturi butun dunyo boʻylab 137 ta mamlakat va mintaqadan 500 ta universitet talabalarini birlashtirgan yetakchi taʼlim loyihasi hisoblanadi. Shu kunga qadar dastur doirasida 12 000 nafar eng yaxshi talaba amaliyot oʻtadi, Huawei kompaniyasining Xitoydagi bosh qarorgohiga tashrif buyurgan ishtirokchilar hamda 2020 va 2021-yillar loyihalari onlayn ishtirokchilari ham shular jumlasidan. 2022-yil 14-noyabr kuni Oʻzbekistonda talabalarga AKT texnologiyalari…