TTPU bitiruvchilari ixtirolari xalqaro e’tirof etilgan patentlarga ega bo‘lmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti xalqaro e’tirof etilgan patentlarga ega ixtirochilar yetishtiradigan ziyo maskani ekanidan xabardormisiz?Unday bo‘lsa, tanishing! Universitetimizda muqaddam kompyuter muhandisligi yo‘nalishida tahsil oladigan talabalarga mutaxassislik fanlaridan ustozlik qilgan, hozirda esa Italiyadagi Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) Amaliy Fanlar (DISAT) kafedrasida Professor Daniella Tordella ilmiy rahbarligida “Radiozond klaster tarmog'i: atmosfera bulutlari ichidagi Lagranj tebranishlarini kuzatish” yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan bitiruvchimiz - Shahbozbek Abdunabiev. Shahbozbek Abdunabiev - Professor Daniela Tordella boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va patentlangan so‘nggi avlod radiozondlar klaster tizimining ixtirochilaridan biri hisoblanadi. Hozirda mazkur innovatsion yechim xalqaro maydondagi Buyuk Britaniya kabi boshqa mamlakatlarga ham…

Continue ReadingTTPU bitiruvchilari ixtirolari xalqaro e’tirof etilgan patentlarga ega bo‘lmoqda

TTPU arxitektura yo‘nalishi talabalari Germaniyaning Quedlinburg shahrida tahsil olishmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Qurilish va arxitektura kafedrasining "Madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish" yo’nalishi magistrantlari hozirda Germaniyada Deutsches Fachverkzentrum Quedlinburg da yog'och konstruktsiyali binolarni tiklash ishlarini o‘rganmoqdalar. Ularning yozgi mashg‘ulotlari (mos ravishda 15 va 30 iyun kunlari boshlangan va tugaydi) prof. Nilufar Tuxboeva (Qurilish va arxitektura kafedrasi, TTPU) va prof. Klaudiya Xennrix (Deutsches Fachverkzentrum Quedlinburg e.V) boshchiligida amalga oshirilmoqda.

Continue ReadingTTPU arxitektura yo‘nalishi talabalari Germaniyaning Quedlinburg shahrida tahsil olishmoqda

TTPUda “Sanoat korxonalarining raqamli transformatsiyasi” forumi o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

        Joriy yilning 26-27-may kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha turli sohalarda xususan, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, ilg‘or Rossiya tajribasi asosida ilmiy va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish hamda texnologiyalarni transfer qilish bo‘yicha bir qator hujjatlar imzolanib, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.   Shu bilan birgalikda joriy yil 20-iyun sanasida Davlat rahbari boshchiligida  “Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish” masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, xususan “tarmoq-korxona-oliygoh” tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida hamda ishlab chiqarish sohasidagi…

Continue ReadingTTPUda “Sanoat korxonalarining raqamli transformatsiyasi” forumi o‘tkazildi

TTPUda ICEP- ITA 2024 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Bugun 24 iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Elektrofizika va axborot texnologiyalari ilovalari 2024 – (International Conference on Electrophysics and Information Technology Applications 2024) bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Gibrid formatda (offlayn va onlayn) tashkil etilgan konferensiyada elektrofizika va uni amaliyotda qo‘llash va axborot texnologiyalari ilovalar, quvvat aktivlarini boshqarish, quvvat IoT va sensorlar va aqlli elektr inshooti kabi mavzularga oid 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va tadqiqotlar muhokama qilindi. Konferensiya Koreya Elektrotexnika muhandislar instituti (Korean Institute of Electrical Engineers) tomonidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsad - sohaga oid ilg‘or gʻoyalar,…

Continue ReadingTTPUda ICEP- ITA 2024 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Sharipov Alisher Kalbayevich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiya ishi himoyasi to‘g‘risida

  • Post category:Bo'limsiz

Sharipov Alisher Kalbayevichning 05.08.06 – “G’ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Vodorod-benzin yonilg’isida ishlaydigan avtomobillar motor moyining chegaraviy ish muddatini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishi himoyasi Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengashning 2024 yil 5 iyul kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik xalqa yuli 17. Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti. Tel.: (99871) 246-80-51; e-mail: info@polito.uz;

Continue ReadingSharipov Alisher Kalbayevich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiya ishi himoyasi to‘g‘risida

TTPU va Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 15-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining “Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti” (China-Sco Institute of Economy and Trade) Zheng Shi rektori boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida TTPU rektori O. Toʻychiyev tomonidan delegatsiya aʼzolariga universitet boʻylab tur uyushtirib, universitetning oʻquv va ilmiy faoliyat bilan yaqindan tanishtirildi. Mazkur tashrif doirasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, xususan, talabalar almashinuvi, mutaxassislar malakasini oshirish, talabalar uchun xitoy tili kurslarini tashkil qilish kabi turli masalalar muhokama etildi. Shuningdek, ikki rahbar oʻrtasida “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti” hududida “Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti” hamkorlik markazi ochilishi yuzasidan fikr almashildi.…

Continue ReadingTTPU va Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yildi

TTPU va “ONESEC” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 13-iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori  Jaloliddin Yusupov va "ONESEC" kompaniyasi direktori Dmitriy Paleev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumida tomonlar TTPU talabalarini amaliyotga jalb etish, yoshlar o‘rtasida hamkorlikda ommaviy tadbirlar, tanlovlar, ilmiy-texnika oromgohlari, xakaton va festivallarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. O'zbekistonda STEM ta'limi rivojlantirish doirasida, TTPU talabalari va bitiruvchilarining amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, shuningdek, mahorat darslari va mehmon ma’ruzalarini o‘tkazish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.  Bu esa yoshlarning axborot xavfsizligi sohasiga qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Continue ReadingTTPU va “ONESEC” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Toshkent shahridagi Turin poltexnika universiteti bitiruvchilarining amaliyot yakuni bo’yicha Maxsus komissiya imtihonlari o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Ma’lumki, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida kadrlar sifatini oshirish uchun talabalarning o‘quv jarayonida nazariy tomondan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, uni amaliyotda qo‘llash hamda ularni muhandislik sohasida ishlab chiqarishga tayyor malakali yetuk mutaxassis kadr qilib yuborish ta'limning asosiy qismiga aylangan. Joriy yilning 11-13 iyun kunlari Toshkent shahridagi Turin poltexnika universiteti bitiruvchilarining amaliyot yakuni bo'yicha Maxsus komissiya imtihonlari o‘tkazildi. Unda universitet kafedra professor-oʻqituvchilari, shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, Huawei kompaniyasi, Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutidan bir qator mutaxassis xodimlar ekspert sifatida ishtirok etdilar. Mazkur imtihon davomida talaba amaliyot davrida erishgan bilim, ko‘nikma va malakalari hamda loyihalari aks etgan taqdimotini…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin poltexnika universiteti bitiruvchilarining amaliyot yakuni bo’yicha Maxsus komissiya imtihonlari o‘tkazildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 1-iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 1, 2 va 3-bosqich talabalarining ota-onalari ishtirokida o‘quv yili yakunlari bo‘yicha "Ota-onalar forumi" bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida ota-onalarga universitet bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, talabalarning bilim olishlari, sport bilan shug‘ullanishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Ma’ruzalar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirni universitet rektori Olimjon To‘ychiyev kirish so‘zi bilan ochib berib, bugun universitetda talabalar uchun zarur barcha sharoitlar yaratilganligi va bu sharoitlar, qulayliklardan oqilona foydalanish hamda muhim jihat-ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash dolzarbligi haqida so'z yuritdi. Ota-onalar bilan dildan suhbat davomida ularni qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob berildi.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi

Avtomobilsozlikda 3D modellashtirish bo’yicha “FUTURE YOUNG ENGINEERS 2024” nomli olimpiada o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti "Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik muhandisligi" kafedrasi tomonidan Avtomobilsozlikda 3D modellashtirish bo'yicha “FUTURE YOUNG ENGINEERS 2024” nomli olimpiada o‘tkazildi. Mashinasozlik texnologiyasi, arxitektura va qurilish yo'nalishlari hamda O‘zbekistondagi turli oliygoh talabalaridan iborat 30 ta ishtirokchilar ushbu olimpiadada ishtirok etishdi. Unda SolidWorks hamda NX Simens dasturlarida musobaqalashdilar.

Continue ReadingAvtomobilsozlikda 3D modellashtirish bo’yicha “FUTURE YOUNG ENGINEERS 2024” nomli olimpiada o‘tkazildi

TTPUda badminton bo‘yicha o‘rtoqlik turniri bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbuslarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari o‘rtasidagi hamkorlik Memorandumida belgilangan tadbirlarni tashkil etish maqsadida joriy yilning 22 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida badminton bo‘yicha do‘stlik turniri bo‘lib o‘tdi. Turnirni Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarga omad, yorqin g‘alabalar va ajoyib kayfiyat tiladi. Turnirni O‘zbekiston badminton Federatsiyasi murabbiy-menejeri Barno Badalova hakamlik qilib, badminton o‘ynash qoidalari haqida gapirdi. Turnir do‘stona va qiziqarli muhitda o‘tdi, musobaqalar davomida yoshlar badminton o‘ynash tajribasi va amaliyoti bilan o‘rtoqlashdilar. Barcha jamoalar munosib o‘ynab,…

Continue ReadingTTPUda badminton bo‘yicha o‘rtoqlik turniri bo‘lib o‘tdi

TTPU talabalari harbiy-vatanparvarlik sport bellashuvlarida ishtirok etdi

  • Post category:Yangiliklar

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbusini amalga oshirish boʼyicha imzolangan memorandum doirasida tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik o‘yinlarida, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan 9 ta xorijiy universitetlar filiallari talabalaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro bellashdilar. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalaridan iborat jamoa ham o‘z iqtidorlarini namoyish qilgan holda ushbu harbiy-vatanparvarlik o‘yinlarida faol qatnashdilar. Mudofaa vazirligiga qarashli Olmaliq shahridagi dala o‘quv maydonida vatanparvar, jismonan chiniqqan va epchil bir guruh faol talaba yoshlar - turnikda tortinish, to‘siqlarni yengib o‘tish, jangovor qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish nishonga o‘q otish shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi. Harbiy qism ofitserlaridan iborat hakamlar hay’ati jamoalarni adolatli va…

Continue ReadingTTPU talabalari harbiy-vatanparvarlik sport bellashuvlarida ishtirok etdi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga tashrifi natijalari

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 6-9 may kunlari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirdi. Xizmat safarining ilk kunida Seoul Digital Foundation prezidenti Yosik Kang bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda raqamlashtirish sohasida sun‘iy intellektni joriy qilishda ilmiy tadqiqot olib borish, talaba yoshlarning mazkur sohaga oid startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda AKT sohasida aholini bilim va ko‘nikmalarini oshirish borasida hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi. Natijada, joriy yilning 10-12-oktabr kunlari aqlli shahar, sun’iy intellekt va robototexnika sohasida faoliyat olib boruvchi dunyoning 230 dan ortiq tashkilotlari tomonidan 20 mingga yaqin mutaxassislar, olimlar hamda talabalar ishtirok etishi rejalashtirilgan Seoul Digital…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga tashrifi natijalari

Tarmoq yosh ishchi-xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Joriy yilning 7 may sanasida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari kasaba uyushmasi Toshkent hududiy bo‘linma Kengashi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan tarmoq yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi. Bilimdonlar baxsida "O‘zkabel", "O‘zavtolizing", "O‘zavtoInzi", Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, "O‘zmetkombinat" va Turin akademik litseyi jamoalari ishtirok etdi. Mantiqiy va qiziqarli savollardan iborat bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinda jamoalar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi. O‘yin yakunida 10-savoldan to‘plangan eng yuqori ballar natijasiga ko‘ra, Toshkent viloyatidan "O‘zmetkombinat" zakovatchilari 1-o‘rinni va Toshkent shahridan Turin Politexnika Universiteti zakovatchilari 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika final o‘yinida ishtirok etish yo‘llanmasini…

Continue ReadingTarmoq yosh ishchi-xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

Joriy yilning 1 may sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida “Shuxrat” medali hamda “Do‘stlik” ordeni sohibi taniqli shoir Аbdumajid Аzim bilan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda talabalar, ustozlar va universitet huzuridagi akademik litsey o‘quvchi-yoshlari bilan suhbat davomida shoir Аbdumajid Аzim bugungi kunimizni axborot asrining ilg‘or texnologiyalarisiz tasavvur qilolmasak-da, talaba, o‘quvchilar orasida kitobga oshno bo‘lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir deb qayd etdilar. Kitob–buyuk mojiza, ziyo chashmasi. Unga hamroh bolgan inson faqat va faqat odamiylik saboqlarini o‘rganadi. To‘g‘ri, bugun zamon shiddat bilan ilgarilab bormoqda, kompyuter texnologiyalari, internet, axborot kommunikatsiya vositalari hayotimizga jadal kirib bormoqda. Аmmo, har qanday vosita…

Continue Reading“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzodlar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 2024-yil 7-May soat 10:00 da 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi. Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzodlar: - Asanov Seyran Enverovich - Yangibayev Avaz Isroilovich

Continue ReadingMalakaviy imtihon topshirish uchun nomzodlar

Universitetga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

        Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, universitetga biriktirilgan Bektemir tumani “Iyk ota” va “Soxil” mahalla yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.         Uchrashuvda universitet rektori Olimjon To‘ychiyev yoshlar bilan tanishib, ularning birinchi navbatda bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.        Uchrashuv so'nggida yoshlarga universitet rahbariyati tomonidan o'quv kurslari uchun 1000 000 so'mlik vaucher hamda esdalik sovg'alari topshirildi. Shuningdek, yoshlarga universitet bo‘ylab sayohat uyushtirilib, talabalar loyihalari bilan tanishtirildi.        Aytish kerakki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangani bilan ahamiyatlidir. Buni bugungi amaliy sayʼ-harakatlar misolida ham koʻrish mumkin.

Continue ReadingUniversitetga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Universitetda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchilari bandligini taʼminlash hamda ish beruvchilar bilan ochiq muloqot jarayonida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida joriy yilning 26-aprel kuni universitetda  “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” Job-Fair - 2024 boʻlib oʻtdi. Mazkur yarmarka universitetda an’anaviy tashkil etilib,  bu yilgi tadbirda “UzAuto Motors” AJ “UzAUTO MOTORS POWERTRAIN”, MChJ “OʻzEraeAlternator” QK, BYD, UZTELECOM, IT Bilim, Cyber Science, Tashkent Traktor Zavodi, ADM Global, UZINFOCOM, “Kwangjin autosystem” MCHJ, Huawei, Enter Engineering kabi sanoat ishlab chiqarash, informatsion texnologiyalar va boshqa sohalarning 40 ga yaqin korxonalari ishtirok etdi. Tadbir davomida ish beruvchi tashkilot vakillari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari va tashkiloti haqida ko‘rgazmali hamda…

Continue ReadingUniversitetda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi

TTPUda “Talabalar bahori”

25-aprel sanasida universitetda an’anaviy “Talabalar bahori” festivali bo‘lib o‘tdi.  Ushbu festivalda universitet talaba-yoshlari hamda akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat, suzish hamda arm wrestling turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar taqdirlandi. Shuningdek, universitet talaba-qizlari hamda musiqa klubi a’zolari tomonidan raqs va musiqiy chiqishlar taqdim etildi.

Continue ReadingTTPUda “Talabalar bahori”
image_pdfimage_print