“G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi.

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 2023-yil 25-may soat 14:00 da 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi. Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzodlar: - Mavlonov Jamshid Ro’ziboyevich - Abdukarimov Nurmuxammad Abdunabi o’g’li

Continue Reading“G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi.

Kirish imtihonlari (1-2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 2023-2024 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2023-yil 18-may da bo`lib o`tgan kirish imtihoni natijalari bilan tarnishing. To'liq jadvalni yuklab oling 2023-yil 13-Mart va 2023-yil 18-May kunlari boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, 2023-2024 o`quv yili uchun toʻliq va kutilayotgan grant nomzodlari bilan tarnishing: FAKULTETLAR BO`YICHA TO`LIQ GRANTLAR(1-2-BOSQICH): 1. Avtomatik boshqaruv va kompyutermuhandisligi – 60.00 va undan yuqori to`plagan abituriyentlarga O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan TOʻLIQ GRANT ajratiladi. 55.00 dan yuqori to`plagan abituriyentlar Iyul oyidagi kirish imtihon natijasiga koʻra TOʻLIQ GRANT uchun koʻrib chiqiladi…

Continue ReadingKirish imtihonlari (1-2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Abdurahmonov Ibrohim Yulchiyevich Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Tashrif doirasida Ibrohim Yulchiyevich universitetning o‘quv auditoriyalari, sport kompleksi, texnopark, laboratoriya va startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Universitet rektori, texnika fanlari doktori Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullayevich vazirga universitet faoliyaitni tanishtirar ekan, so‘nggi yillarda ko‘p sohalar qatorida avtomobilsozlik va bu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash borasida salmoqli ishlar qilinayotgani ta’kidlab, universitetning hozirgi holati va rivojlanish strategiyasiga (universitet ta’lim yo‘nalishlari, energiyatejamkor quyosh panellarini o‘rnatish borasidagi ishlar, spin-off kompaniyalari faoliyati, xalqaro a’loqalari va boshqalar) oid taqdimot qildi. Shundan so‘ng, vazir universitetning professor-o‘qituvchilari bilan…

Continue ReadingOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida 4 qavatli bino qurilishi boʼyicha TENDER E’LON QILINАDI

Tender muddati, tender universitetning internet portalida eʼlon qilingan kundan boshlab 20 kalendar kuni deb belgilanadi. Ilovada 1. Binoning bosh plan loyihasi; 2. Arxitektura yechimi loyihasi: 3. Texnik shartlar; 4. Baholash meʼzonlari. Tenderda ishtirok etish boʼyicha savollar yuzasidan universitet bosh muxandisi Eshmuratov Ilxom Аmanturdievichga murojaat qilish mumkin.Тел.: (98) 809 02 11.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida 4 qavatli bino qurilishi boʼyicha TENDER E’LON QILINАDI

Тalabalar bahori-2023

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 27 aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida an’anaviy “Talabalar bahori – 2023” festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad universitetda talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning ma’naviy va madaniy saviyasini boyitish, sport, san’at, badiiy adabiyotga qiziqishlarini yanada yuksaltirish sanaladi.Tadbir doirasida prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida universitetda tashkil etilgan shaxmat, basketbol, stol tennis musobaqa g‘oliblari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.Bayramona dastur doirasida, mamlakatimizda joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy voqea - referendum to‘g‘risida, ma’lumot berildi va talabalar o‘rtasida viktorina o‘tkazildi.

Continue ReadingТalabalar bahori-2023

Germaniya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 27- aprel kuni, Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tashabbusi bilan Germaniya universitetlari va davlat idoralaridan tashkil topgan delegatsiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tadbirda Tyuringiyaning iqtisodiyot, oliy ta’lim va raqamli masalalar bo‘yicha davlat kotibi boshchiligida Germaniyaning 6 ta universitetlari, Turingiya davlat idorasi, Germaniya iqtisodiyoti delegatsiyasi vakillari qatnashdi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi Turin universitetining texnoparki, laboratoriya va startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvda TTPU va Germaniya universitetlari, o'z faoliyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashdi. Hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Xususan :• Turin politexnika universiteti va Germaniya universitetlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini…

Continue ReadingGermaniya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda

“Yangi O‘zbekistonda – yangi tahrirdagi Konstitutsiya”

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 18 va 20 aprel kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida "Yangi O‘zbekistonda - yangi tahrirdagi Konstitutsiya" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Olmazor Tumani 4-sonli IIB, profilaktika inspektori, leytenant Ismoilova A.F., podpolkovnik, Olmazor Tumani 4-sonli IIB katta inspektori - Yusupov Sh.N.- va universitet xodimlari ishtirok etdi.Davra suhbatida yangi tahrirdagi Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo esa “Inson qadri uchun” gʻoyasini ustuvor yoʻnalish sifatida belgilashi qayd etildi.

Continue Reading“Yangi O‘zbekistonda – yangi tahrirdagi Konstitutsiya”

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Zakovat” klubi 3-bosqich uyini o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 19 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Zakovat klubining 3-bosqich uyini o‘tkazildi. Uyinni o‘tkazishdan asosiy maqsad, talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, darsdan tashqari bilimlarini keng doirada yanada mustahkamlash va turli mavzularda o‘zlarini fikrlarini teran ayta bilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. O‘yinning uchinchi bosqichida 1-“SU” jamoasi 2-“Posledniy patron” jamoasi 3-“Millon” jamoalari ishtirok etdilar. Qizg‘in kechgan baxsda “SU” jamoasi ikkita savolga to‘g‘ri javob berib 2 ballni, “Posledniy patron” jamoasi beshta savolga to‘g‘ri javob berib 5 ballni va “Million” jamoasi bitta ham savolga to‘g‘ri javob berisholmadi 0 ballni, peshqadamlikka “Posledniy patron” jamoasi chiqib oldi. Tadbir so‘ngida har bir jamoadan ishtirokchilar…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Zakovat” klubi 3-bosqich uyini o‘tkazildi

“Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 18 aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida «Ogohlik davr talabi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet talabalari ishtirokida, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, universitet katta profilaktika inspektori, podpolkovnik Yusupov Sh.N. tashabbusi bilan, Olmazor tumani Axborot Tehnologiyalari soxasidagi kiber jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimi kapitan Yarmatov Sh.X, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, profilaktika inspektori, leytenant Ismoilova A.F lar hamkorligida o‘tkazildi.Tadbir doirasida so‘zga chiqqanlar,1) "KIBЕRXAVFSIZLIK" va xanuzgacha uning domiga tushayotganlar, bu illatdan qanday qutulish mumkinligi, o‘zimizda unga qarshi immunitetni shakllantirishimiz zarurligi xaqida so‘z bordi.2) Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash3) Korrupsiya holatlarini oldini olish va unga qarshi kurash4) Jinoyatchilik va giyohvandlikka…

Continue Reading“Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati

Loyiha tashkilotlari o’rtasida tanlov

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Shifonur koʼchasi 75-А uy manzili boʼyicha joylashgan talabalar yotoqxonasi binosini kapital taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish boʼyicha loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish boʼyicha tanlov eʼlon qiladi. Tanlov ishtirokchilaridan kelib tushgan takliflar quyidagi mezonlar boʼyicha baholanadi: Tartib raqam №Talablarning nomlanishiBall1Obyektni oʻrganganligi va ishlarni oʻz vaqtida topshirish toʻgʻrisida kafolat xati (obyekt mavjud holati va bajarilishi lozim boʻlgan ishga loyiha taklifidan fotosuratlar ilova qilinsin)202Tanlov ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha kafolat xatining mavjudligi53Tashkilotda faoliyat yurituvchi xodimlar soni 10 va undan yuqoriligi (F.I.Sh., lavozimi hamda ish tajribasi (yil) haqida toʻliq maʼlumot, QR kodi bilan.104Loyiha…

Continue ReadingLoyiha tashkilotlari o’rtasida tanlov

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “I2-PLEDGE” yangi xalqaro ta’lim loyihasida ishtirok etmoqda.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) “I2-PLEDGE: Biotibbiyot muhandisligi bo'yicha innovatsion va fanlararo dasturlarni O'zbekistondagi talabalarning ishga joylashishi uchun raqamli o'sish dasturidan foydalanish” deb nomlangan yangi xalqaro ta’lim loyihasi doirasida Yevropa va O‘zbekistonning bir qancha boshqa universitetlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi. Loyihaning boshlang‘ich yig‘ilishi 2023-yil 29-30-mart kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi, Erasmus+ Milliy ofisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yevropa va O‘zbekistondagi hamkor universitetlar vakillari ishtirok etdi. "I2-PLEDGE" loyihasi talabalarga biotibbiyot muhandisligi bo'yicha innovatsion va fanlararo dasturlarni taqdim etishdan iborat bo'lib, ularning O'zbekistonda ish bilan ta'minlanishi uchun raqamli o'sish dasturidan…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “I2-PLEDGE” yangi xalqaro ta’lim loyihasida ishtirok etmoqda.

Universitet xodimlari uchun seminar trening tashkil etildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 29 mart kuni, universitet psixologi tomonidan xodimlar uchun “Emotsional kuyish” mavzusida seminar trening o‘tkazildi. Treningdan maqsad: emotsional kuyish hollari haqida ma‘lumot berib, hodimlar bilan guruhni birlashtirish ko'nikmalarini mashq qilishga qaratildi.Seminar mavzusi doirasida emotsional kuyish, uning simptomlari, professional kuyish, o‘zini boshqarish yo‘llari muhokama qilindi. Treningda interaktiv, guruhda ishlash va rolli o‘yinlar usullari qo‘llanildi.

Continue ReadingUniversitet xodimlari uchun seminar trening tashkil etildi

Kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 2023-2024 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2023-yil 13-martda boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar beshta toifaga boʻlingan: BIRINCHI TOIFA: Quyidagi abituriyentlar to`g`ridan to`g`ri ikkinchi kurs (First level) ga oʻqishga qabul qilinadilar,hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan quyidagi yo`nalishlar bo`yicha TOʻLIQ GRANT ajratiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak *. Ushbu toifa uchun shartnoma toʻlovi mavjud emas. T/rFamiliyaIsmFakultet1ZulunovaNasibaAvtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi2HikmatullayevShamshodAvtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi3MirsaidovRashidAvtomatik…

Continue ReadingKirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Alishev Sherqо‘zi Abdumannonovichning texnikafanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi tо‘g‘risida

  • Post category:E'lonlar

“Kо‘p bosqichli о‘zgaruvchan parametrli obyektlarni adaptiv boshqarish algoritmlari” mavzusida Dissertatsiya himoyasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil «16» mart soat 1400 dagi majlisida bо‘lib о‘tadi. Manzil: 100095, Toshkent shahri, Kichik xalqa yо‘li kо‘chasi, 17-uy, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bosh binosining 2-qavat, majlislar zalida. Tel.: (998)71 246-50-92; Faks: (998)71 246-60-92; e-mail: info@polito.uz

Continue ReadingAlishev Sherqо‘zi Abdumannonovichning texnikafanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi tо‘g‘risida

Italiyada TTPU va Politecnico di Torino o‘rtasida qo‘shma diplom dasturi (Cotutelle) doirasida birinchi doktorlik dissertatsiyasi (PhD) himoyasi bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 6-mart kuni, Italiyada Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti) va Politecnico di Torino (Italiya) o‘rtasida ikki tomonlama diplom (Cotutelle) dasturi doirasida doktorlik (PhD) dissertatsiyasining birinchi himoyasi muvaffaqiyatli bo'lib o‘tdi.O‘zbekistonlik yosh tadqiqotchi Jasurxo‘ja Xolxo‘jaev “Metal qismlarning innovatsion geometrik va mexanik tavsiflari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini, DSc J.Sh. Inoyatxo‘jaev (TTPU) va professor Janfranko Genta (Politecnico di Torino) rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qildi. Har ikki universitet professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan komissiya, amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholab, uning zamonaviy ishlab chiqarishdagi ahamiyati va dolzarbligini ta’kidlab, kelgusi ilmiy faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Continue ReadingItaliyada TTPU va Politecnico di Torino o‘rtasida qo‘shma diplom dasturi (Cotutelle) doirasida birinchi doktorlik dissertatsiyasi (PhD) himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Oiladagi zo‘ravonlik sababi va ayanchli oqibatlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori zo‘ravonlikka uchragan ayollarga yordam ko‘rsatish tizimini yaratish, oilaviy-maishiy zo‘ravonlikning oldini olish va uning salbiy oqibatlariga barham berishga qaratilgan qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 23 fevral kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti, 3-bosqich talabalari hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i G.A.Allamova,  Olmazor tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika katta inspektori, podpolkovnik SH.M.Yusupov va psixolog SH.J.Jumaqulova ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.                                       Seminar-treningni oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F.S.Nabixanova ochib berib, mamlakatimizda zo‘ravonlikka qarshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Oiladagi zo‘ravonlik sababi va ayanchli oqibatlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

TTPUdagi Microsoft talabalar dasturlari

  • Post category:Yangiliklar

15-fevral kuni TTPU da Microsoft kompaniyasi va universitetimiz talabalari bilan jonli tadbir bo'lib o'tdi. Uchrashuvdan asosiy maqsad talabalarimizni “Microsoft Student Programs” bilan tanishtirish va dasturga jalb qilish. Tadbir ishtirokchilari Microsoft kompaniyasi takliflari va imtiyozlari haqida to'g'ridan-to'g'ri kompaniya xodimlari Carlotta Castelluccio (a cloud developer advocate) va Microsoft mahsulot menejeri Tessa Wiedmanndan javob olish imkoniga ega bo'ldilar. Shu bilan birga, Microsoft kompaniyasi tomonidan har yili o'tkaziladigan “Imagine Cup” tanlovi ham muhokama qilindi.Talabalarimiz dasturda tajribaga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari bilan suhbatlashish va ularning tajribasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Xususan, Buyuk Britaniyadan Kenji Phang va Jennifer Xolland ham o‘z universitetlarida Gold Microsoft…

Continue ReadingTTPUdagi Microsoft talabalar dasturlari

Universitetda talaba-qizlar bilan shifokor ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (10/1-154 02.02.2023y.) voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish, istalmagan homiladorlik holatlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi dasturining 4-bandida, umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari hamda, akademik litseylar, professional taʼlim, oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi- talabalari oʻrtasida erta nikoh va erta tugʻruq, yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikohlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida targʻibot tadbirlari hamda fakultativ mashgʻulotlarni tashkil etish maqsadida, joriy yilning 22-fevral sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talaba-qizlar bilan Olmazor tumani Talabalar shaharchasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika Bosh shifokor o’rinbosari D.Tursunova, shifokor-ginekolog Y.Rahimova hamda universitetga biriktirilgan terapevt-shifokor M.Sharapova ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.          Shuningdek, tadbirda universitet yoshlar bilan ishlash bo’limi…

Continue ReadingUniversitetda talaba-qizlar bilan shifokor ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

“G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi.

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 2023-yil 27-fevral soat 11:00 da 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi. Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzodlar: - Kambarov Ikrom Nigmatullayevich - Sharipov Alisher Kalbayevich - Shodiyev Javoxir G‘ayratovich

Continue Reading“G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi.
image_pdfimage_print